Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

ERITMA MAVZUSINI O’QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI QO’LLASH XUSUSIYATLARI

Inatova Maxsuda Sag’dullayevna- Jizzax davlat pedagogika unversiteti dotsent Usmanova Maftuna G’anisher qizi – JDPU kimyo mutaxassisligi 2-kurs magistrant   Annotatsiya: Kimyo fanini eritma mavzusini o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan va internet manbalaridan unumli foydalanish. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishnning qulayliklari va afzalliklari. Kalit so’zlar: texnologiya, axborot texnologiyalari, taqdimot, animatsiya, simulyatsiya, videolar, virtual kimyoviy labaratoriya, easyQuizzy dasturi, Adobe Flash Player dasturi. Аннотация: Эффективное использование современных информационных технологий и интернет-ресурсов в обучении растворов по химии. Удобство и преимущества использования современных информационных технологий. Ключевые слова: технология, информационные технологии, презентация, анимация, моделирование, видеоролики, виртуальная химическая лаборатория, easyQuizzy, Adobe Flash Player. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning asosiy maqsadi inson tahlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir hatti-harakatni bajarish bo’yicha qaror qabul qilishdir. Axborot texnologiyasi ob‘ekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanish jarayondir. Axborot texnologiyasining asosiy maqsadi – axborotni saqlash va uzatishni tashkil etish. Axborot tizimi axborotni qayta ishlashning kompyuter tizimini o’zida ifodalaydi. Axborot o’z tarkibida kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, axborot va dasturiy ta’minot hamda odamlarning birgalikdagi faoliyat yuritish jarayonini aks ettirib, u iste’molchi uchun axborot ishlab chiqarishni o’z zimmasiga oladi. Axborot tizimlarining asosiy vazifasi hodisa va jarayonlar kechishini boshqarish imkoniyatlarini yaratishdan iborat. Shuningdek, axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiqarilgan boshqariluvchi jarayonga maqsadli ta’sir ko’rsatadi. Texnologiya grekcha tildan tarjima qilinganda san’at, mahorat haqidagi ta’limot kabi ma’nolarni bildiradi va ishlov berish, holatni o’zgartirish san’ati, mahorati, malakasi va metodlar yig’indisi. Axborot texnologiyalari – jarayonlarni boshqarishdagi asosiy manba bo‗lib hisoblanadi. Tayyorlangan ma’lumotlarni tizimga ajratish va qayta ishlash hamda kerakli maqsadlar bo’yicha qayta ishlangan ma’lumotlarni uzatishni o’z ichiga oladi. [1] O’quvchilar kompyuterda sodir bo’layotgan hodisalarni ko’rib va eshitib, fikrlash orqali bilishga intiladi va darsga nisbatan qiziqishi ortadi. O‘quvchi sezgi organlari yordamida monitorda sodir bo’layotgan voqea va hodisalarni idrok etib, ularning xossa va xususiyatlarini ham bilishga qiziqadi. Masalan ekranda biror moddaning, tashqi ko’rinishi yoki kimyoviy reaksiyalar namoyish etilishi bilan o’quvchi ushbu tasvirlarning mohiyatiga etibor qaratmasligi mumkin. Axborot texnologiyalari yordamida onlayn taqdimotlar va elektron o’quv kurslarini yaratuvchi zamonaviy dasturlardan biri iSpring Suite dasturlar to‗plamidir. iSpring Suite dasturlar paketiga iSpring Pro, iSpring easyQuizzy, iSpring Kinetics jamlangan. Bu dasturlardan iSpring easyQuizzy dasturi audio, video fayllar, tasvir va formulalar yordamida interaktiv testlar yaratadi. Virtual kimyoviy laboratoriya Dastur animasiya tenglama va boshqalar shaklida foydalanish mumkin bo‘lgan reaksiyalar bazasi va laboratoriya jihozlari hamda kimyoviy moddalar to‘plamiga ega. Virtual laboratoriya dasturi turli moddalar bilan eksperimentlarni vizual (ko‘z bilan ko‘rsa bo‘ladigan qilib) o‘tkazish imkonini beradi. Turli dasturlar – virtual laboratoriyaning dasturiy ta’minoti qo‘shimcha o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Dastur bilan ishlashni osonlashtirish uchun «assistent» tushunchasi, hisob[1]kitoblar asosida tuzilgan o‘zgartirigichlar majmui, eksperimentlarni qayd qilish uchun laboratoriya jurnali mavjud. Virtual eksperimentlar konsepsiyasi taxminan 20 yil oldin paydo bo‘lgan, bunda interfeysdan faol foydalanilganda dasturiy ta’minotga o‘qituvchi o‘zi qo‘l bilan ko‘proq kimyoviy modda va reaksiyalar qo‘shishishlari mumkin va shu bilan o‘quvchilar tajribasi oshiriladi. Virtual laboratoriya yana bir qancha afzalliklarga ega, ular yordamida o‘qituvchi va o‘quvchilar qo‘yilgan maqsadlar, jihozlar, kimyoviy moddalar va reaksiyalar hamda sharoitlar mavjudligini hisobga olgan holda eng samarali eksperimentlarni tanlashlari mumkin. Ta’lim jarayoniga kompyuter texnikasining kirib kelishi ta’lim mazmunini yanada boyitdi. Xususan, ―”Masofaviy ta’lim”, ―”Media ta’lim”―”Internet forum” va boshqalar. Bunda eng asosiy e’tibor ta’lim oluvchilarning mustaqil ta’lim olishlariga qaratiladi. Ushbu jarayonda esa o’quvchilarning ta’limga bo’lgan qiziqishlari, o’quv – biluv motivlari muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot texnologiyasi, kompyuterlar yordamida darslarning sifat ko’rsatkichlari quyidagi asosiy faktorlar bilan aniqlanadi:
  • o’quv dasturining sifatli shakllantirilganligi;
  • kompyuter texnikasining sifati va uning imkoniyatlari;
  • shaxsning kompyuter imkoniyatlaridan o’zlashtirib olish malakalarining shakllanishi.
Ta’lim jarayonida axborot – kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishda quyidagi bosqichlarga e’tibor qaratish kerak:
  • ta’lim oluvchilarda o’quv materiallarini taqdim etish va tushuntirish bosqichi,
  • Kompyuter bilan o’zaro muloqot jarayonida o’quv materiallarini o’zlashtirish bosqichi;
  • O’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni takrorlash hamda mustahkamlash bosqichi;
  • Erishilgan yutuq va natijalarini o’zini – o’zi tekshirish orqali nazorat qilish bosqichi;
  • Nazorat bosqichi;
  • O’zini – o’zi, shuningdek, nazorat bosqichlari natija va xulosalariga ko’ra o’quv materiallarining taqsimlanishi, tasniflanishini, tizimga solinishini korreksiyalash, tuzatishlar kiritish bosqichi. [3]
Xulosa qilsak, kimyo fanini o‘rgatish jarayonida kompyuter texnikalaridan foydalanish o‘quvchilarning ilm olish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shuningdek, ularning zamonaviy axborot texnologiyalariga qiziqish, mustaqil fikrlashiga, o‘z nuqtai nazarini erkin bayon eta olishiga, darslik, qo‘shimcha ta’lim vositalaridan mustaqil bilim ola bilishiga yordam beradiUndan tashqari testni kompyuter tarmoqlari orqali ham o’tkazish imkoniyati va elektron pochta orqali yo’llab yuborish imkoniyatlari mavjudligi hozirgi zamonaviy ta‘lim talablariga ham javob bera oladi Bu o‘rinda fan o‘qituvchisining asosiy vazifasi o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olishi va to‘liq qondirishi, ta’limning tashkiliy shakllarini tanlashidir. Bizga berilgan imkoniyatlardan keng va unumli foydalanishimiz kerak. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1.G.A. Ixtiyarova, D.J.Bekchanov. M.Sh. Ahadov Kimyoni o’qitishda zamonaviy texnologiyalar. Toshkent-2020.(116-130)
  1. Ишмуҳамедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Таълимда инновацион технологиялар (таълим муассасалари педагог-ўқитувчилари учун амалий тавсиялар). – Т.: ―Истеъдод жамғармаси, 2008. (125)
3.Muslimov N.A., N.Karimova. Kasb ta‘limi o‗qituvchilarining amaliy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. – Toshkent: ―Iqtisodiyot nashriyoti, 2012.(58)
  1. Aрипoв M. Интернет вa электрoн пoчтa aсoслaри.- T.; 2000.(143)
5.M.S.Inatova, M.G’.Usmanova. “Eritma konsentratsiyalarini formula yordamisiz topish usullari”. “Journal of Natural Science”(17-23)