Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
Qo‘shmuratov Bekzod Abduraimovich
Bo‘lim boshlig‘i
Telefon raqami
Elektron pochtasi
bekzod@jspi.uz
Ish vaqti
Har kuni 08:30 – 16:30
Manzili
130100. Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sharof Rashidov koʻchasi, 4.
Asosiy funksiya va vazifalari
Yoshlar bilan ishlash ma’naviy-ma’rifiy bo’limining maqsad va vazifalari.
- Yoshlar bilan ishlash ma’naviy-ma’rifiy ishlash bo’limining asosiy maqsadi «Jaholatga qarshi ma’rifat» g’oyasiga tayanib, talaba-yoshlar ongini va qalbini mustabit o’tmish asoratlari-ma’naviy mutelik va qo’rquv, mustaqil fikrsizlik, ko’r-ko’rona sajdabozlik, g’oyaviy muvozanatsizlik singari illatlardan forig’ etish, hur tafakkur va erkin turmush tarziga xos ko’nikmalar bilan qurollantirish, ayni paytda mustaqilligimiz, taraqqiyotimizga tahdid soluvchi tashqi va ichki g’animlarning turli niqobdagi g’arazli niyatlaridan o’z vaqtida ogohlantirib va muhofaza etib, har bir talaba-yoshda o’z irodasiga, xalqning kuch-qudratiga, Vatanning yorqin kelajagiga komil ishonch, sobit imon tuyg’usini kamol toptirishdan iborat. Har bir talaba-yoshning yurt tinchligi, el saodatiga xizmat qiladigan intilish, izlanish va tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash orqali kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari tamoyilini muntazam targ’ib va tashviq etish Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo’limining bosh vazifasidir.
Yoshlar bilan ishlash ma’naviy-ma’rifiy bo’limi o’z faoliyatining samaradorligiga erishish uchun:
- universitet talabalarni milliy g’oyaga sadoqat, ona diyorga mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulug’ va olijanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoiylik ruhida tarbiyalashga mo’ljallangan targ’ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish;
- barcha fakultetlarda ma’naviy-ruhiy muhitning ahvolini, professor-o’qituvchilar, xodimlar va talabalarning kayfiyatini, intilishi va muddaolarini hisobga olgan holda ijobiy an’ana va tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash;
- ma’rifiy-targ’ibot ishlarini shaklan va mazmunan uyg’unligini, muntazamligini, haqqoniylikka asoslanishini ta’minlash, ya’ni, ma’ruza, suhbat, bahs-munozaralar, seminarlar va konferentsiyalar o’tkazish, ommaviy axborot vositalarida faol ishtirok etish yo’li bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning, qabul qilinayotgan farmonlar, qarorlar va qonunlarning mohiyatini professor-o’qituvchilar va talabalarga tezkorlik bilan yetkazish va kundalik faoliyat dasturiga aylantirishga rahbarlik qilish ta’minlash kabi vazifalarni amalga oshiradi.
