Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Olimalar klubi

Zulfiya Jо‘rayevna Pardayeva

        Filologiya fanlari doktori, professor Zulfiya Jо‘rayevna Pardayeva

о‘z umrini, orzu-umidlarini ilm-fan yо‘liga baxshida etgan olima, shoira,

komil inson, pedagog. Zulfiya Jо‘rayevna Pardayeva О‘zbekiston Xalq

ta’limi a’lochisi, Jizzax viloyat xotin-qizlar Kengashining a’zosi, Milliy istiqlol g‘oyalariga sodiq, vatanparvar, yetuk shaxs.

 

Zulfiya Jо‘rayevna Pardayeva Jizzax davlat pedagogika instituti rus tili va adabiyotini о‘qitish metodikasi kafedrasi professori, rus adabiyoti, adabiyot nazariyasi ixtisosligi bо‘yicha ilmiy faoliyat olib boradi.

Zulfiya Jо‘rayevna Pardayeva 1959 yilda Jizzax shaxrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan, millati о‘zbek,  oilali, uch nafar farzandning onasi.

О‘rta maktabni imtiyozli tugatgan Zulfiya Jо‘rayevna Pardayeva 1977 yilda Jizzax Davlat pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetiga о‘qishga qabul qilinada. 1982 yilda institutni imtiyozli tugallagan Zulfiya Pardayeva institutning rus va horijiy adabiyot kafedrasida yosh mutaxassis sifatida ishga olib qolinadi. Ish boshlagan ilk yillaridanoq u о‘zini intiluvchan, izlanuvchan va yaxshi kasbiy tayyorgarlikdan о‘tgan mutaxassis sifatida namoyon qiladi. О‘z mehnat faoliyati davomida u о‘zini mehribon ustoz, yetuk mutaxassis, qobiliyatli olim, tashkilotchi pedagog sifatida kо‘rsatdi.

Rus tili va adabiyoti, ingliz tili va adabiyoti, hamda о‘zbek tili va adabiyoti fakultetlari talabalariga “Rus adabiyoti tarixi”, “Chet el adabiyoti tarixi”, , “Adabiy jarayon”, “Adabiyotshunoslik asoslari” fanlaridan ma’ruzalar о‘qidi va amaliy mashg‘ulotlar olib bordi,  pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish bilan bir qatorda institut “Baynalminal yoshlar klubi”ga rahbarlik qildi, о‘zi badiiy ijod bilan shug‘ullangani uchun  kafedra qoshida “Pegas” ijodkor yoshlar klubini tashkil etdi. Klub a’zolari institut, viloyat va respublika miqyosida о‘tkazilgan tadbirlarda faol qatnashadi va imtiyozli о‘rinlarni egallaydi. “Pegas” klubi 30 yildan beri faoliyat kо‘rsatib kelmoqda, bugungi kunda unga Zulfiya Pardayevaning shogirdi о‘qituvchi SH.Abdulaxadova rahbarlik qilmoqda.

Zulfiya Pardayeva institut va respublika oliy о‘quv yurtlari professor-о‘qituvchilarining ilmiy-amaliy konferensiyalarida faol ishtirok etadi. Ilmga bо‘lgan qiziqish unga yangi-yangi marralarga chorlaydi va imkoniyatlar beradi. U 1987 yilda A.Navoiy nomidagi SamDU “Adabiyot nazariyasi va qardosh xalqlar adabiyoti” kafedrasiga ilmiy tadqiqotchi sifatida qabul qilinadi, professor J.M. Xojimatov rahbarligida “О‘zbekistondagi rus va rusiyzabon adabiyotda tarixiy qahramonlarning badiiy tipologik talqini” mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib boradi. Tadqiqot bо‘yicha 1993-1994 yillarda О‘zbekiston jaxon tillari universitetining rus adabiyoti kafedrasida ilmiy stajirovka о‘taydi. О‘zbekiston Respublikasi va Moskva shahridagi yirik kutubxonalar va dissertatsiya zallarida ilmiy va badiiy manbalar ustida ishlaydi, professorlar G.SH. Abdullayeva, Kyor-Ogli kabi yetuk olimlarning maslahatlarini oladi va tadqiqotni yakunlaydi.

Zulfiya Jо‘rayevna Pardayeva 1995 yil 17 mayda О‘zbekiston Respublikasi FA A.Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining Ixtisoslashtirilgan Kengashida “О‘zbekistondagi rus  va rusiyzabon adabiyotda tarixiy qahramonlarning badiiy tipologik talqini” mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qiladi.

Filologiya fanlari nomzodi Zulfiya Pardayeva 1995-1997 yillar mobaynida kafedra katta о‘qituvchisi lavozimida faoliyat kо‘rsatish bilan birga institut qoshida “Madaniy markaz” tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi. Aynan mana shu “Madaniy markaz” negizida institut “Madaniyat Saroyi” tashkil topadi.

Ilmiy tadqiqotlar va pedagogik faoliyatni uyg‘unlashtirgan  Zulfiya Pardayeva shaxs takomili yо‘lini fundamental tadqiqotlarda deb biladi va 1998-2001 yillar mobaynida О‘zbekiston Respublikasi FA A.Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining “Adabiyot nazariyasi” bо‘limida maqsadli doktoranturani о‘taydi, professor B.I.Sarimsoqov ilmiy maslahatchiligida “Hozirgi о‘zbek romanlarining taraqqiyot tamoyillari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlaydi.

 Zulfiya Jо‘rayevna Pardayeva 2003 yil 8 oktabrda О‘zbekiston Respublikasi FA A.Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining Ixtisoslashgan Kengashida “Hozirgi о‘zbek romanlarining taraqqiyot tamoyillari” mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qiladi.

Zulfiya Pardayeva 2001-2003 yillar mobaynida JDPI о‘quv bо‘limida innovatsion ta’limni joriy qilish inspektori vazifasida ishlaydi va institut profesor-о‘qituvchilarini interaktiv metodlarga о‘qitish bо‘yicha ichki malaka oshirishni muntazam amalga oshiradi. Institutda ta’limni multimedia asosida tashkillashtirish ilk bor uning tashabbusi bilan dotsentlar B.Ergashev va M. Nosirovalar amalga oshirgan edi. Shu bilan birga Zulfiya Pardayeva institut о‘qituvchilariga muntazam ochiq ma’ruza о‘tib beradi.

2003 yildan rus tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat olib boradi.

Zulfiya Jо‘rayevna Pardayeva 2011 yildan 2018 yilgacha rus tili va adabiyoti kafedrasiga mudirlik qildi. Bugungi kunda shu kafedra professori lavozimida faoliyat olib bormoqda, rus tili va adabiyoti yо‘nalishi talabalari va magistrantlariga “Rus adabiyoti tarixi”, “Adabiyotshunoslikka kirish”, “Adabiyot nazariyasi”, “Hozirgi adabiy jarayon”, “Epik asarlar adabiyotshunoslik tahlili nazariyasi va amaliyoti” fanlaridan ma’ruzalar о‘qiydi, kurs ishlariga, diplom ishlariga, magistrlik dissertatsiyalariga,  mustaqil tadqiqotchilarning ilmiy ishlariga rahbarlik qiladi. Shogirdlari  G.Rasulova, O.Xusanova kabi talabalar “Navoiy” Davlat stipendiyalari sohibi, Y.Belyakova, S.Djemilova va I.Yokubovalar rus tili va adabiyoti mutaxassislik fanlari bо‘yicha respublika fan olimpiadalari g‘olibi bо‘lishdi.

Zulfiya Jо‘rayevna Pardayeva kafedra, fakultet va institut hayotida faol ishtirok etish bilan birga viloyat “Olima ayollar” Kengashini boshqaradi. Uning g‘oyasiga asosan institutda yoshlarning ilmiy, publitsistik, badiiy almanaxi “Iqtidor” muntazam “Fan” nashriyotida chop etiladi. Zulfiya Jо‘rayevna Pardayeva Xalq ta’limi vazirligi, Respublika ta’lim markazining rus tili va rus adabiyoti maktab darsliklari bо‘yicha eksperti hisoblanadi.

Zulfiya Pardayeva iqtidorli shoira. Uning “Umid chechagi”(1992), “Yettinchi osmon”(2001) she’riy tо‘plamlari chop etilgan.

Zulfiya Pardayeva kо‘p yillardan beri ta’lim tizimiga islohotlar joriy qilish ustida ishlaydi. Jizzax tumanidagi  H.Olimjon nomli 16-о‘rta maktabda 2003 – yildan beri iqtidorli bolalar uchun tashkil etilgan boshlang‘ich sinflarda intellektual ta’limni yо‘lga qо‘yish muammolari bо‘yicha tadqiqot olib boradi. Intellektual sinf о‘quvchilarining tuman va viloyat fan olimpiadalarida erishayotgan yutuqlari tadqiqotning ijobiy natijalaridan biri bо‘lsa, shu sinf о‘qituvchisi K.Kamolovaning pedagogik metodlarini respublika bо‘yicha ommalashtirilishi ta’lim tizimimizga intellektual о‘quvni joriy qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Zulfiya Pardayeva shogirdi G.Matmurodova bilan hamkorlikda shu sinflarda qо‘llash uchun “О‘zbekcha-ruscha-inglizcha sо‘zlashgich lо‘g‘at” tayyorlab chop ettirgan.

Z.Pardayevaning “О‘zbek romanchiligi va jamiyat badiiy-estetik rivoji” (2000 y.) risolasi, “О‘zbek romani poetikasi” (2003 y.) monografiyasi, “Samostoyatelnaya rabota studentov” (2007 y.) metodik ishlanmasi, “Literaturniy analiz xudojestvennogo proizvedeniya” (2010 y.) о‘quv qо‘llanmasi, “Samostoyatelnaya rabota studentov pri modulnoy sistemi obucheniya” (2016 y.) dots. Xodjimetova D.J. bilan hammualliflikda о‘quv qо‘llanmasi va 200 dan ortiq ilmiy, uslubiy maqolalar muallifi.

Z.Pardayeva respublikaning faol olimalaridan. U muntazam sur’atda hamdо‘stlik mamlakatlari va respublikada о‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalarda adabiyotshunoslik fani va ta’limning dolzarb muammolari va ularning yechimi yuzasidan ma’ruzalar qiladi.

Zulfiya Pardayeva tomonidan yaratilgan ilmiy, ilmiy-metodik manbalar о‘rganilganda ular bir necha yо‘nalishda olib borilganiga amin bо‘lamiz. Bular

adabiyotshunoslikning nazariy masalalari;

kitob mutolaasi va badiiy adabiyotning retseptiv ta’siri;

bо‘lajak mutaxassislarning kasbiy malaka, kо‘nikma va bilimlarni egallashida va insonning takomilga erushivida mustaqil ta’limning ahamiyati va uni amalga oshirish yо‘llari tahlil etish;

ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish;

Zamonaviy adabiyotshunoslikning roman janri taraqqiyoti va ilmiy tahlil va talqin metodlariga bag‘ishlangan ishlarida о‘zbek adabiyoti taraqqiyoti jaxon adabiyoti yetuk asarlari bilan chog‘ishtirilib  о‘rganildi, milliy istiqlol davri romanlari taraqqiyot tamoyillariga aniqlik kiritildi.

О‘zbek romani taraqqiyotida yetuk baquvvat romanlar yaratilganini e’tirof etdi: “О‘zbek romanining taraqqiyoti bugungi kun nuqtai nazaridan qaraganda qaysidir jihatlari bilan qoniqtirmasligi tabiiy. Totalitar tuzumning nafaqat mamlakat iqtisodiyotiga, siyosatiga tazyiq  о‘tkazishi,    fan    va   adabiyot   ishlariga ham aralashuvi о‘z ta’sirini о‘tkazmay qо‘ymadi, albatta. Sotsialistik realizm metodining yagona hukmronligi natijasida ommaviy adabiyot gullab yashnadi. Jamiyat taraqqiyotining etaloniga aylangan о‘rtamiyonachilik adabiyotni ham chetlab о‘tmadi. Natijada, о‘rtamiyona, saviyasi past  romanlar kо‘plab yaratildi.

Yangi davr о‘zbek romanchiligi xususida sо‘z yuritgan olima о‘zbek romanchiligida zuhur bо‘layotgan uslublar xususida “Bugungi kun о‘zbek romanchiligida yuz berayotgan badiiy evrilishlar, shakliy izlanishlar ijobiy natijalar berayotganiga qaramay, badiiy mahorat muammolari hali ham dolzarb bо‘lib turibdi. Aksariyat yozuvchilarimiz jahon romanchiligining mahorat maktabidan о‘rganish zarurligini g‘arb romanchiligi uslublarini о‘zbek romaniga tadbiq etishda deb tushunmoqdalar”, – deb xolis baho beradi.

Milliy istiqlol davrining birinchi о‘n yilligida yaratilgan 50 dan ortiq о‘zbek romanlarini о‘rgangan Z.Pardayeva о‘zbek romanchiligi taraqqiyot tamoyillariga aniqlik kiritdi: roman tafakkurida jamiyat badiiy-estetik tafakkuri kengroq in’ikos etildi; kо‘plab romanlarda istilo mohiyati mantiqan tо‘g‘ri badiiy talqin etildi; voqelik tasvirida, qahramon-shaxsga nisbatan yozuvchi konsepsiyasida realistik munosabat shakllandi; о‘zbek romani stilistikasida ahamiyatga molik ijobiy о‘zgarishlar amalga oshirildi, sinkretik uslub stilistikasi (T.Murod «Otamdan qolgan dalalar» – lirik proza, erkin proza, nasriy saj’) yuzaga keldi; realistik, modernistik tamoyillar sintezi namoyon bо‘ldi; roman poetikasini shakllantirishda assotsiativ, retrospektiv va konsentrik syujetlarning keng imkoniyatlari ochib berildi; realistik (ijtimoiy-falsafiy) romanlar yaratildi (T.Murod «Otamdan qolgan dalalar», SH.Xolmirzayev «Ollabо‘ji» va b.); realistik (ijtimoiy-psixologik) romanlar (T.Murod «Bu dunyoda о‘lib bо‘lmaydi», О‘.Hoshimov «Tushda kechgan umrlar», О‘.Umarbekov «Fotima va Zuhra», A.Dilmurod «Fano dashtidagi qush», Y.Sulaymon «Armon» va b.) yuzaga keldi; tarixga bо‘lgan, о‘zligimizga bо‘lgan yangicha munosabat shakllandi, kо‘plab tarixiy romanlar qaytadan ishlandi, tarixiy shaxs va unga nisbatan tarixan xolis yozuvchi konsepsiyasi shakllandi. B.Ahmedovning «Amir Temur», P.Qodirovning «Humoyun va Akbar», Mirmuhsinning «Turon malikasi», M.Alining «Sarbadorlar» kabi romanlari yaratildi; islom diniga, islom olamiga, ilohiyotga bо‘lgan qiziqish ortdi, inson ruhiyatining ilohiyotga mansub tomonlari kashf etildi, mistik «Tutash olamlar» (X.Shayx) romani yuzaga keldi; fantastik-sarguzasht roman imkoniyatlari kengaydi, fantasmagoriya, komik, satirik uslublar sintezi yuzaga keldi, X.Tо‘xtaboyevning «Jannati odamlar» romani yaratildi; voqelik talqinida, obrazlar shakllanishida, romaniy tafakkurni yuzaga keltirishda talqinning noan’anaviy shakllari yaratildi, falsafiy ruhdagi realistik va modernistik tamoyillarning sintezlashgan uslublarida O.Muxtorning «Kо‘zgu oldidagi odam», «Maydon», «Aflotun», X.Dо‘stmuhammadning «Bozor» romanlari yuzaga keldi; mumtoz adabiyot va hozirgi voqelik talqinini о‘zida mujassam etgan O.Muxtorning ijtimoiy-psixologik «Tepalikdagi xaroba» romani yaratildi; «absurd» mavzusi о‘zbek romanchiligiga olib kirildi, T.Rustamning modernistik uslubida «Kapalaklar о‘yini» romani yaratildi; yuqorida qayd etilgan ijobiy yutuqlar qatorida о‘zbek  romanchiligida rus va g‘arb romanchiligining ta’siri oqibatida talqinning badiiy taassub modeli shakllandi. M.Bulgakov talqin uslubining ta’siri «Ming bir qiyofa» (O.Muxtor) va «Besh kunlik dunyo» (A.Said) romanlarida sezilarli bо‘lsa, «Qо‘rg‘onlangan oy» (SH.Bо‘tayev) poetikasini CH.Aytmatovning «Qiyomat» romanining motivlari yuzaga keltirgan.

Z.Pardayeva adabiyotshunoslik masalalariga alohida e’tibor berish bilan birga kitobxon estetikasi, badiiy adabiyotning retseptiv ta’siri xususida ham teran mulohazalar bildirgan. Adabiyot о‘qituvchisi ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarga nafaqat tahlil usullarini о‘rgatishi, shu bilan birga adabiyotga, kitob mutolaasiga ham mehr singdirishi lozim deb ta’kidlaydi: “Protsess obucheniya retseptivnomu umeniyu chrezvichayno slojen: vuzovskaya programma rassmatrivayet imenno etu problemu. Kogda opredelyayetsya soderjaniye spetsialnix chitatelskix umeniy, ix struktura, xarakter deyatelnosti, razrabativayutsya tipi i vidi zadaniy i samostoyatelnix rabot, s pomoshyu kotorix mojno sformirovat umeniya chitat, ponimat, analizirovat. Ob etapax formirovaniya umeniy mojno govorit kak o zadache samousovershenstvovaniya budushego spetsialista, tak kak chteniye xudojestvennogo proizvedeniya osushestvlyayetsya i v auditorii, i vne auditorii. V etot protsess vajno ponimat, kakimi kachestvami doljen obladat kvalifitsirovanniy chitatel, bez chego ne mojet sostoyatsya polnotsennoye vospriyatiye xudojestvennogo proizvedeniya”.

 Ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, talabalar mustaqil ishini takomillashtirish Zulfiya Pardayeva faol olib borayotgan yо‘nalishlardan. U 2016 yilda “О‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” I Respublika tanlovida о‘zining “Ta’limdagi innovatsiyalar. Talabalar mustaqil ishi: nazariya, metodika, amaliyot” nomli loyihasi bilan qatnashdi va “Ta’lim sohasidagi eng samarali loyiha” nominatsiyasi bо‘yicha g‘oliblikni qо‘lga kiritdi.

Zulfiya Pardayeva О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Akademik Innovatsiyalar Fondi tomonidan e’lon qilingan grantlar tanlovida “Talabalar mustaqil ishini innovatsion takomillashtirish” mavzusidagi JDPI loyihasiga rahbarlik qilmoqda.

Zulfiya Jо‘rayevna Pardayeva respublika ilmiy jarayonida ham faol ishtirok etadi. U 2015-2017 yillar mobaynida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, О‘zbekiston davlat jaxon tillari universiteti, О‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi 16.07. 2013. Fil.09.01. raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash a’zosi, 2017 yilda Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.27.06.2017.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash a’zosi, 2018 yildan hozirgi kungacha О‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Andijon davlat universiteti huzuridagi filologiya fanlari bо‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengash a’zosi sifatida faoliyat kо‘rsatmoqda. 10 ga yaqin DSc va PhD doktorlik dissertatsiyalariga opponentlik va ekspertlik qildi.

Zulfiya Jо‘rayevna Pardayeva bugungi kunda 4ta filologiya masalalariga, 2 ta innovatsion ta’lim masalalariga bag‘ishlangan falsafa fanlari doktorligi (PhD) tadqiqotlariga rahbarlik qilmoqda. Mustaqil fikrlaydigan va faoliyat olib boradigan yetuk jamiyat takomil topishiga о‘zining mustaqil ta’limni innovatsion rivojlantirish bо‘yicha olib boradigan ilmiy yutuqlarga erishish, filologiya fanining dolzarb muammolari yechimiga qaratilgan tadqiqotlarga ilmiy rahbarlik qilish, mamlakatimiz ta’lim tizimini taraqqiyot yо‘lida modernizatsiya qilinishiga о‘zining munosib hissasini qо‘shish о‘zining xalq va Vatan oldidagi burchi deb biladi.

 

JUMANAZAROVA GULJAHON UMIRZAQOVNA

Jumanazarova Guljahon Umirzaqovna 1980 yil 21 dekabrda Jizzax viloyati Baxmal tumanida tug‘ilgan. Millati – о‘zbek. Partiyasiz.

G.Jumanazarova 1987 yilda Jizzax shahridagi 17-maktabning 1-sinfiga о‘qishga bordi, 1998 yili Jizzax shahridagi 7-maktabni tamomladi. 1998-2004 yillari Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutining о‘zbek tili va adabiyoti fakultetida bakalavr, 2004-2006-yillari shu institutning о‘zbek tili yо‘nalishi bо‘yicha magistratura, 2007-2009 о‘zbek tili yо‘nalishi bо‘yicha aspirantura bosqichida tahsil oldi.

2001-2004 yillari G.Jumanazarova “Boshlang‘ich ta’lim til va adabiyoti” kafedrasi laboranti, 2005-2006 yillari «Boshlang‘ich ta’lim uslubiyati» kafedrasi о‘qituvchisi, 2009-2010 yillari kafedra katta о‘qituvchisi bо‘lib ishlagan. 2010 yildan 2017 yilgachashu kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi, 2017 yildan 2018 yilgacha boshlang‘ich ta’lim  metodikasi kafedrasi mudiri, 2018 yildan hozigacha boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

G.Jumanazarova 1998-2003 yillari Jizzax davlat pedagogika institutida «О‘zbek tili va adabiyoti» yо‘nalishi bо‘yicha bakalavriatda о‘qigan va imtiyozli diplom bilan bitirgan, shu institutda 2004-2006-yillarida «О‘zbek tili»  ixtisosligi bо‘yicha magistraturada tahsil olgan. 2007-2009 yillari 10.02.02 – «Milliy tillar» (о‘zbek tili) ixtisosligi bо‘yicha aspiranturada tahsil olib, muddatidan oldin, 2008 yili «Shirin bilan Shakar»  dostonining lug‘aviy va lingvopoetik xususiyatlari (Fozil Yо‘ldosh о‘g‘li varianti asosida) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

2017 yil 27 iyul kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat о‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi  DSc.27.06.2017  Fil.19.01 raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishida  “Fozil Yо‘ldosh о‘g‘li dostonlari tilining lingvopoetikasi (leksik-semantik, lingvostilistik va lingvostatistik tahlil)” mavzusidagi filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasini himoya qildi. Ushbu tadqiqot ishimga nafaqat respublika, bir qator xorijiy davlatlar – Koreya, AQSH, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston oliy о‘quv yurtlari professor-о‘qituvchilari va ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy xodimlari tomonidan ham ijobiy taqrizlar berildi. 2017 yilning 29 avgust kuni О‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan filologiya fanlari doktori  (DSc) ilmiy darajasi (diplomi) berildi.

G.Jumanazarova 2016-2017 yillarda bajariladigan yosh olimlar fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika loyihalari tanlovida“Boshlang‘ich sinf о‘quvchilari nutqini boyitishda inglizcha-ruscha-о‘zbekcha frazemalar lug‘atini yaratish va amaliyotga tadbiq etish” mavzusidagi amaliy loyihasi  bilan ishtirok etib, g‘olib bо‘ldi.

G.Jumanazarova U.A.Jumanazarov, B.I.Boltayeva, D.A.Kulboyeva, U.U.Jumanazarov, I.I.Yodgorovalar hamkorligida tayyorlangan “Iboralar. Boshlang‘ich sinflar uchun elektron lug‘at” uchun О‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tomonidan elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy rо‘yxatdan о‘tkazilganligi tо‘g‘risida guvohnoma qо‘lga kiritilgan (№ DGU 04960).

2017 yil 29 sentabrda О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.

 2018 yil О‘zbekiston xotin-qizlar qо‘mitasi tomonidan о‘tkazilgan “О‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” I respublika tanlovining Jizzax viloyat bosqichida g‘olib va respublika bosqichida faol ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.

G.Jumanazarova U.A.Jumanazarov, B.I.Boltayeva, D.A.Kulboyeva, U.U.Jumanazarov, I.I.Yodgorovalar hamkorligida tayyorlangan “Iboralar. Boshlang‘ich sinflar uchun elektron lug‘at” uchun О‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tomonidan elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy rо‘yxatdan о‘tkazilganligi tо‘g‘risida guvohnoma qо‘lga kiritilgan (№ DGU 04960).

2017 yil 29 sentabrda О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.

 2018 yil О‘zbekiston xotin-qizlar qо‘mitasi tomonidan о‘tkazilgan “О‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” I respublika tanlovining Jizzax viloyat bosqichida g‘olib va respublika bosqichida faol ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.

Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar DSc. 27.06.2017 Fil.02.03 raqamli ilmiy kengash va ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar, Farg‘ona universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.fil.05.02 raqamli ilmiy kengash a’zosi.

G.Jumanazarova jami 165 ta ish e’lon qilgan, shulardan 9 ta tadqiqot-lug‘at, 1 ta izohli lug‘at, 3 monografiya, 1 ta о‘quv qо‘llanma, 4 ta risola hamda 99 ta ilmiy va о‘quv-uslubiy ishlar e’lon qilgan.