Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Faculty of primary education

Boshlang’ich ta’lim fakulteti

Fakultetda 2 ta kafedra mavjud:

-Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti

– Boshlang’ich ta’lim metodikasi

 
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani

Ibragimova Fazilat Erkinovna

Faoliyati: 2019-yil avgustdan

Telefon: +998 93 306 43 55

Email: fazilatxon81@mail.ru

Qabul kunlari: Chorshanba, Payshanba 09:00–14:00

Fakultet 1974 yilda o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti kafedrasi sifatida ish boshlagan. 1976-yilda alohida “Boshlang‘ich ta’lim” fakulteti sifatida ish boshladi. Fakultetda jami 40 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda, ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilar soni 20 nafar, ulardan 3 nafari fan doktori, 17 nafari fan nomzodi va falsafa doktori (PhD)dir. Ayni paytda fakultetda 872 nafar bakalavriat va 135 nafar magistrant tahsil olmoqda.

Boshlang‘ich ta’lim fakultetida “Munozara”, “Mohir qo‘llar” kabi to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda. Har bir qo’shimcha sinf va to’garaklar ochiqligi ta’minlanadi. Boshqa fakultet a’zolari ham qatnashadilar. Talabalarning ijodiy ishlari respublika va xalqaro konferensiya to‘plamlari, jurnallar, shuningdek, bir qancha gazetalarda chop etilgan.

Fakultet talabalari bugungi kungacha ko’plab yutuqlarga erishdilar. 7 nafar talaba Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. Fakultetda “Ibrat” nomli talabalar teatr-studiyasi faoliyat yuritmoqda. “Zakovat” intellektual jamoasi tashkil etildi. “Betakror bolalar” nomli hazilkash, zukkolar guruhi ham tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda ko‘plab yutuqlarga erishmoqda.