Skip to main content

Yangi o'quv yili boshlandi!

Jizzax davlat pedagogika universitetida 2022/2023-o'quv yili boshlandi

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni

Mashaqqatli kasbingizda ulkan muvaffaqiyat tilaymiz, aziz ustoz va murabbiylar!

Jismoniy madaniyat fakulteti

Jismoniy madaniyat fakulteti

Fakultetda 2 ta kafedra mavjud:

– Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi
– Sport turlarini o’qitish metodikasi

Fakultetda 2 ta yo’nalish mavjud:

– Xotin-qizlar sporti yo’nalishi
– Sport faoliyati: kurash yo’nalishi
Jismoniy madaniyat fakulteti dekani

Axmedov Furqat Qo’ldoshevich

Faoliyati: 2019-yil 1-avgust

Telefon: +998 93 297 77 99

Email: furkatquldoshevich@gmail.com

Qabul vaqti: Chorshanba, payshanba 09:00–16:00

Fakultet 1974-yili tashkil etilgan. Fakultetda jami 45 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan 1 nafar professor, 2 nafar fan nomzodi va 3 nafar dotsent faoliyat yuritmoqda. Fakultetda 803 nafar bakalavr, 103 nafar magistrant tahsil olmoqda.
Jismoniy madaniyat fakultetida “Talaba teatri” nomli talaba-teatr studiyasi, “Fizvos” quvnoqlar va zukkolar jamoasi hamda “Fizvos” zakovot intelektual o’yini jamoasi tashkil qilingan. Jismoniy madaniyat fakultetida “Valebol” (ayollar va erkakalar), “Basketbol” “Futbol”, “Stol tennis”, “Shaxmat-shashka” “Penchak-silat” “Kurash” “Dzyodo” “Sambo” “Belbog’li kurash” kabi ko’plab sport to’garaklari va klublar, shuningdek, “Olimpiya bilimdonlari” nomli fan to’garagi faoliyat olib bormoqda. Har bitta to’garak va klublarda ochiqlik taminlangan. A’zolar boshqa fakultetlardan ham kelib ishtirok etishadi.
Shu kungacha fakultet talabalari chempionatlarda ko’plab yutuqlarga erishib kelmoqda. Fakultet talabasi Nigina O’ktamova yoshlar o’rtasida Osiyo chempionatida 1-o’rin, Jahon chempionatida 1-o’rin, kattalar o’rtasida O’zbekiston chempionatida 1-o’rin, 2021-yilning eng yaxshi ayol bokschisi, “Shuhrat” medali sohibasi hisoblanadi. Shu kungacha ko’plab talabalar O’zbekiston terma jamoasi safida Jahon hamda Osiyo chempionatlari ishtirokchisi va sovrindori bo’ldi. Valebol “JDPI Ziyokor” ayollar jamoasi 2021-yil O’zbekiston kubogi sohibi bo’lishdi. Basketbol jamoasi Oliy liga musobaqalarida ishtirok etishmoqda.