Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Xalqaro

2008 yil 30 may kuni A.Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika institutida Xindiston-O’zbekiston aloqalari tadbiri doirasida ilmiy seminar bo’lib o’tdi. O’tkazilgan seminarda Xindistonning O’zbekistondagi elchixonasi siyosiy masalalar bo’yicha kotibi janob Devalning ma’ruzalari tinglandi. Shundan so’ng Xindiston-O’zbekiston hamkorlik aloqalari to’g’risida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Hindiston bilimlari” kafedrasi doktori Jeotsna Bakshi ma’ruza qilib o’tdi. Jizzax davlat pedagogika instituti bilan chet el xamkorlari o’rtasida professor-o’qituvchilar talabalar almashinuvi yo’lga qo’yilgan. Ukrainaning T.Shevchenko nomidagi Chernigov va P.Ticheni nomidagi davlat pedagogika universitetlari o’rtasida professor-o’qituvchilar va talabalar almashuvi bo’yicha hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (Rossiya, Dubna shahri) bilan mustahkam aloqa o’rnatilgan. Bugungi kunda institutimiz xodimi Qaxramon BYaTI (Rossiya, Dubna shaxri)da shartnoma asosida faoliyat yuritmoqda. (jadvalda kursatilgan) Institutda tahsil olayotgan xorijiy talaba, stajyor, aspirant, doktorant xamda faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar yo’q. Turli xalqaro fondlar va tashkilotlar haqida ma’lumotlar to’planib, ular bilan barcha fakultet va kafedralar xabardor etilib kerakli xujjatlar bilan ta’minlanib borilmoqda. 2008 yil 7-14 iyul kunlari Jizzax davlat pedagogika institutiga birgalikdagi o’zaro hamkorlik shartnomasiga asosan Birlashgan Yadro Tadqiqotlari instituti olimlaridan Plexanov Yevgeniy xamda Afanasyev Sergeylar tashrif buyurishdi. Birgalikda olib borilayotgan hamda kelgusida qilinadigan ishlar rejalashtirib olindi. Jizzax davlat pedagogika instituti fizika-astronomiya yo’nalishi talabalarini Birlashgan Yadro Tadqiqotlari institutida magistiraturani davom ettirish masalalari kelishib olindi. Ushbu safarlardan maqsad, chet el ta’lim muassasalari va tashkilotlari professor-o’qituvchilarini institut ta’lim jarayoniga jalb etish, xorijiy davlatlar va jamg’armalar bilan institut aloqalarini yaxshilash, loyiha, dasturlar bo’yicha xamkorlikda ishlar olib borish xamda institutga chet el investisiyalarini jalb qilish bo’yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish. Professor-o’qituvchilar, doktorantlar, aspirantlar va talabalar uchun turli xil grantlar haqidagi malumotlar bazasi to’planib oliy ta’lim muassasalariga yuborilib turilsa yanada yaxshiroq bo’lardi.

        2016-2017 yillarga mo‘ljallangan yosh olimlar amaliy loyihalari tanlovida g‘olib bo‘lgan MUZ2015-0725140051 raqamli  “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini boyitishda inglizcha-ruscha-o‘zbekcha frazemalar lug‘atini yaratish va amaliyotga tadbiq etish”  mavzusida f.f.n. G.Jumanazarova rahbarligidagi loyiha amalga oshirilmoqda.  Loyixani moliyalashtirish hajmi 19.000 mln. so‘m, loyixa bo‘yicha “Frazemalarning nutqda qo‘llanilishi” nomli monografiya (T.: Turon zamin ziyo 2017, 125 b), “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda iboralarni o‘rganish metodikasi” nomli uslubiy qo‘llanma tayyorlandi. Loyiha bo‘yicha xalqaro jurnallarda 2 ta, Respublika jurnallarida 1 ta maqolalar chop etilgan.  Xorijiy konferensiyalarda 3 ta va Respublika anjumanlarida  9 ta tezislar  chop etilgan. Institutning  Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (Rossiya, Dubna shahri) bilan hamkorlikda   “02-1-1087-2009/2017 Issledovaniya po fizike relyativistskix tyajelыx i legkix ionov na Nuklotrone, SPS i SIS18”  mavzusidagi  shartnoma imzolandi. Shartnoma 19.05.2015 dan 31.12.2017 yilgacha amalga oshiriladi. Institut bilan Boshqirdiston davlat universiteti o‘rtasida 2016 yil 22 martdan boshlab 5 yillik shartnoma (№ 304.  22.03.2016 yil)  imzolandi.

Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar asosida erishilgan natijalar

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 2017 yil  20 apreldagi  “Oliy ta’lim tizimini  yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-2909-son Qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib Moskva davlat pedogogika universiteti, Buyuk Britaniyaning Norvich instituti hamda  Qozoqistonning  Taraz davlat pedagogika institutlari bilan xamkorlik shartnomalari imzolandi. Ushbu hamkorliklar asosida ilmiy aloqalarni rivojlantirish, talaba, magistr, mustaqil izlanuvichilar va o‘qituvchilarning tajriba almashishlarini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

  • Institutimiz hozirgi kunda Moskva davlat pedagogika universiteti, Bashqiriston davlat pedagogika universiteti (UFA), Moskva davlat iqdisot, statistika va informatika universiteti, Yaderniy fizika instituti (Rossiya), Norvich (Buyuk Britaniya) va Taraz davlat pedagogika instituti (Qozoqiston) lari bilan xalqaro- ilmiy shartnomalarimiz bor.
  • Shartnomalar doirasida matematika o‘qitish metodikasi dotsenti O. Abdullaev 2017 yil 24 avgustdan 7 sentyabr kunlari Bashqiriston davlat universitetida ilmiy safarda bo‘ldi, safar natijasida institutidan ikki nafar talaba magistraturaga o‘qishga qabul qilindi.
  • Taraz davlat pedagogika institutining 2017 yil № 15-38/1-1099 sonli xatiga asosan 2017 yil 20 oktyabr kuni xorijiy tillar fakulteti dekani filologiya fanlari doktori, professor A. Mamatov Taraz davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etdi.
  • 2017 yil 31 oktyabrdan 5 noyabr kunlari Bashqiriston davlat universitetidan falsafa fanlari doktori, professor Salixov Gafur Gubaevich va biologiya fanlari doktori, professor Ishberdin Ayrat Rimovich tashrif buyirdi. Tashrif natijasida talabalar bilan maruza, seminar va master klasslar o‘tkazildi.