Skip to main content

Yangi o'quv yili boshlandi!

Jizzax davlat pedagogika universitetida 2022/2023-o'quv yili boshlandi

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni

Mashaqqatli kasbingizda ulkan muvaffaqiyat tilaymiz, aziz ustoz va murabbiylar!

Tabiiy fanlar fakulteti

 

tabiiy fanlar fakulteti

Fakultetda 4 ta kafedra mavjud:

– Biologiya va uni o’qitish metodikasi;
– Kimyo va uni o’qitish metodikasi;
– Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari;
– Fiziologiya va ekologiya.
Fakultetda 6 ta yo’nalish mavjud:
– 5110400 – Biologiya o’qitish metodikasi;
– 60110900 -Biologiya;
– 5110300 – Kimyo o’qitish metodikasi;
– 60110800 – Kimyo (qo’shimcha biologiya);
– 5110500 – Geografiya o’qitish metodikasi;
– 60111000 – Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari.
Tabiiy fanlar fakulteti dekani

Zikirov Baxtiyor Yakubovich

Faoliyati: 2021-yil 4-noyabrdan

Telefon: +998 99 449 05 64

Email: zikirovbakhtiyor@gmail.com

Qabul vaqti: Chorshanba, payshanba 09:00–16:00

Fakultet 1974-yili tashkil etilgan. Fakultetda 73 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning 3 nafari fan doktori, 29 nafari fan nomzodi, dotsent ishlab kelmoqda. Fakultetda hozirgi kunda 1520 ta bakalavr, 154 ta magistr tahsil olmoqda. Fakultet 3 ta darslik, 12 ta o’quv qo’llanma, 10 ta monografiyalarni nashrdan chiqargan hamda 8 ta patent (biologiya kafedrasida), 8 ta rus tili bo’yicha xalqaro sertefikatlarni qo’lga kiritgan. Tabiiy fanlar fakultetida “Yosh zoologlar”, “Yosh botaniklar”, “Yosh iqtidor ilmiy”, “Yosh geograf” (tugarak a`zolari 20 dan ortiq ilmiy maqolalari bilan konfrensiyalarda ishtirok etishgan), “Yosh kimyogar” (tugarak a`zolari 20 dan ortiq ilmiy maqola, 40 dan ortiq tezislari bilan turli xil konfrensiyalarda qatnashgan) Biologiya fanlaridan onlayn “Yosh biologlar” to`garagi tashkil qilingan. Biologiya fanlari bo`yicha o`quv adabiyotlarining “Yagona elektron kutubxonasi” portali ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan.

2022-yil 15-16-aprel kunlari kimyo va biologiya fanlaridan viloyat olimpiadasida 1-10 o’rinni egallagan umumta’lim maktabi o’quvchilar o’rtasida olimpiadaning institut bosqichi bo’lib o’tdi. 1-3 o’rinni egallagan o’quvchilarga ( Kimyo fanidan 1-o’rin Isroilov Aziz Sh.Rashidova tumani 36-maktab, 2-o’rin Toshpulotov Jamshid Zomin tumani 25-maktab, 3-o’rin Asrorova Vasila Jizzax shahar 12-maktab o`quvchilari kimyo yo`nalishiga), ( Biologiya fanidan 1-o`rin Orziqulova Diyora SH.Rashidova tumani 12-maktab, 2-o`rin Saddullayeva Shahzoda Do`slik tumani 20-maktab, 3-o`rin A’zamov Alijon Jizzax shahar 22-IDUM o`quvchilari biologiya yo`nalishiga) institut moliyalashtirishi hisobidan o’qishga kirish tavsiyasi berildi.

Geografiya jamiyatining Andijon viloyat bo’limi Andijon davlat universiteti geografiya kafedrasi tomonidan g.f.d., professor A.Soliyev xotirasiga bag’ishlangan “A.Soliyev asarlari bilimdoni” ko’rik-tanlovida ikki nafar talabamiz Murodullayev Xoshim Kamoliddin o’g’li ishtirok etib faxrli 3-o’rinni va Korakulov Ulmas Abduvali o’gli faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritgan.