Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Jizzax davlat pedagogika universiteti axborot xizmati

 

Matbuot kotibi:

Sharipova Gulchehra Ergashevna

Telefon: +(99897) 276 86 68

Elektron manzil: sharipovagulchexra16@gmail.com

Qabul kunlari: dushanba — shanba 09:00-18:00

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi 27.06.2019 yildagi PQ-4366-sonli qarori bilan tashkilot va idoralarda matbuot xizmatlari tashkil etilgan. Jizzax davlat pedagogika universititening axborot xizmati rahbari bir vaqtning o’zida tashkilot rahbarining matbuot kotibi hisoblanadi hamda axborot siyosati masalalari bo’yicha maslahatchisi maqomiga ega bo’ladi. Axborot xizmatining vazifalari va funksiyalari davlat organi va boshqa tashkilotning boshqa bo’lim va bo’linmalariga yuklanishiga yo’l qo’yilmaydi;

Matbuot xizmatining asosiy vazifalari va funksiyalari:

Jizzax davlat pedagogika universiteti matbuot xizmati rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi. Axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni olib borishga harakat qiladi. Shuningdek axborotni universitetinng rasmiy veb-saytida tezkor joylashtirish va o’z vaqtida yangilab borish, Internet tarmog’idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlanishi uchun xizmat qiladi. Matbuot xizmati OAVda, shu jumladan, Internet tarmog’ida axborot e’lon qiladi (chop etadi), shuningdek, ularni rasmiy veb-saytlarda, hamma kirishi mumkin bo’lgan xonalar va joylarga joylashtirish va yangilab borishni ta’minlaydi. Ommaviy tadbirlarni, shu jumladan, tashkilot rahbariyati ishtirokidagi tadbirlar (majlislar, yig’ilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suxbatlari va boshqalar) ni tashkil etadi va o’tkazadi. OAV va jurnalistlarning so’rovi asosida ularga og’zaki va yozma shaklda (shu jumladan, elektron xujjat shaklida) axborot taqdim etadi. Jizzax davlat pedagogika universiteti matbuot xizmati jamoatchilik hamda OAV vakillari bilan hamjihatlikda ishlash uchun harakat qiladi. Sohaga oid qabul qilinayotgan qonun xujjatlari, sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik muhim dasturlar to’g’risida keng jamoatchilikni xabardor qilib boradi. Universitet xayoti va faoliyatini eng to’liq va xolisona yoritish maqsadida OAV hamda jurnalistlar bilan o’zaro hamkorlikni amalga oshiradi. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar axborot xizmatlarining rahbarlari har uch yilda bir marta Agentlikda attestatsiyadan o’tkaziladi. Matbuot xizmati Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda A. Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti faoliyatining dolzarb jihatlarini yoritib boradi. Matubot xizmati shaffoflik va ochiqlik mezonlariga amal qilgan holda barcha ommaviy axborot vositalariga sohaga oid barcha ma’lumot va axborotlarni taqdim etib boradi.