Skip to main content

Yangi o'quv yili boshlandi!

Jizzax davlat pedagogika universitetida 2022/2023-o'quv yili boshlandi

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni

Mashaqqatli kasbingizda ulkan muvaffaqiyat tilaymiz, aziz ustoz va murabbiylar!

Pedagogika va psixologiya fakulteti

 

Pedagogika va psixologiya fakulteti

Fakultetda 5 ta kafedra mavjud:

– Pedagogika ta’lim nazariyasi kafedrasi
– Maxsus pedagogika kafedrasi
– Maktab menejmenti kafedrasi
– Umumiy pedagogika kafedrasi
– Umumiy psixologiya kafedrasi
Pedagogika va psixologiya fakulteti dekani

dots. To’raqulova Iroda Xolbo’tayevna

Faoliyati: 2020-yil 10-avgustdan

Telefon: +998 91 590 00 70

Email: irodaturaqulova1982@gmail.com

Qabul vaqti: Chorshanba, payshanba 09:00–16:00

Pedagogika va psixologiya fakulteti institut rektorining 2020-yil 29-iyundagi № 429-U-sonli buyrug’i bilan tashkil topgan. Fakultetda jami 66 nafar professor o’qituvchilar faoliyat olib boradi. Shundan 46 nafari (69,6%) ayollar. O’qitiuvchilar ilmiy darajasi bo’yicha, 1 nafar fan doktori, 8 nafar fan nomzodi dotsent, 3 nafar PhD falsafa doktori, 19 nafar katta o’qituvchi, 23 nafar o’qituvchilar, 12 nafar stajor o’qituvchilardan iborat. So’nggi 2 yilda o’qituvchilardan 6 nafari fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajasiga erishdi. Bugungi kunda fakultetda 1053 nafar talabalarga ta’lim-tarbiya beriladi. Shundan 774 nafari qizlar, 279 nafari o’g’il bolalar. 174 nafar magistrant tehsil oladi.

Fakultetda “Yoshlar” nomli talabalar teatr-studiyasi faoliyat yuritib, har yili ikkitadan spektakl tayyorlash yo’lga qo’yilgan. “VINI VIDI VICHI” nomli “Zakovat” intellektual jamoasi tashkil qilingan. “Pedagog yoshlar” nomli quvnoqlar va zukkolar jamoasi ham tashkil qilingan bo’lib, hozirda bu jamoa yaxshi natijalarni ko’rsatib kelmoqda. Fakultet talabalari ko’plab yutuqlarni qo’lga kiritishmoqda, hattoki 1-kurs magistranti Ismatullayev Otabek 2020-2021 o’quv yilida “Alisher Navoiy” davlat stipendiyasiga sazovor bo’lgan.

Fakultetda Psixologik markaz va “Inklyuziv va korreksion ilmiy-metodik” markaz hamda “Yosh menejmentlar”, “Yosh psixoliklar”, “Yosh pedagoglar” va “ Yosh olimlar” kabi to’garaklar faoliyati yo’lga qo’yilgan. Talablarning iste’dod, qobiliyat hamda ezgu intilishlarini to’liq ro’yobga chiqarish, kasb mahorati bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini oshirish maqsadida «Kitob-barcha bilimlarning kaliti» Defektologiya yo’nalishi 4-bosqich talabalari zakovat intellektual musobaqasi tashkil qilindi. Fakultetning “Zamonaviy ta’limda pedagogika va psixologiya fanlari” nomli elektron jurnali tashkil etilgan.