Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Iqtidorli talabalarning erishgan yutuqlari

Mamarasulova Muqaddas Abulqosim qizi

Chet tillar fakulteti Ingliz tili va adabiyoti yo’nalishi 2-bosqich talabasi. 2021-yil 3-martda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga binoan “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.


Muxtorova Hafiza Ixtiyor qizi

Chet tillar fakulteti Ingliz tili va adabiyoti yo’nalishi 3-bosqich talabasi. 2022-yil 21-may kuni Adiblar xiyobonida «Katta adabiyot bayrami» haftaligi doirasida o’tkazilgan tanlovda faxrli II-o’rinni egalladi va «Ilhom» mukofoti sovrindori bo’ldi.


Navruzova Yelena Pavlovna

Rus tili va adabiyoti fakulteti Rus tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi. 2022-yil 27-may kuni «Yangi O’zbekistonni o’zimiz, o’z qo’llarimiz bilan bunyod etamiz!» respublika esselar tanlovi final bosqichida ishtirok etib, «Ona tilim – jon-u dilim» nominatsiyasi bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritdi.


Nodirbek Sharofiddinov

Fizika va texnologik talim fakulteti 3-bosqich talabasi. 2022-yil 19-21 may kunlari bo’lib o’tgan «Mirzo Ulug’bek vorislari» respublika tanlovining final bosqichida onlayn, uy ta’limida o’qiydigan va maktab o’quvchilarga mo’ljallangan elektron darslik loyihasi bilan ishtirok etdi.


Shermuxammadov Sherdil Mamarasul o’g’li

Chet tillar fakulteti 4-bosqich talabasi. 2022-yil 19-21 may kunlari bo’lib o’tgan «Mirzo Ulug’bek vorislari» respublika tanlovining final bosqichida bolalarga tillarni tarjimasiz yangicha metodika yordamida ishoralar yordamida orgatish (robokid) loyihasi bilan ishtirok etdi.


Jumanov Lochinbek Habibullayevich

Chet tillar fakulteti 3-bosqich talabasi. 2022-yil 19-21 may kunlari bo’lib o’tgan «Mirzo Ulug’bek vorislari» respublika tanlovining final bosqichida ikkilamchi suyakdan kalsiyga boy parranda va baliqchilik uchun ozuqa ishlab chiqishga mo’ljallangan dasturi bilan ishtirok etdi.


Tursunboyeva Farangiz Sanjarovna

Rus tili va adabiyoti fakulteti Rus tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi. 2022-yil 5-iyun kuni Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi miqyosida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy koʻrik tanlovda «Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun» esdalik ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.


Yaxshiliqova Nargiza Xudoyberdi qizi

Chet tillar fakulteti 2- bosqich talabasi. 2022-yil 5-iyun kuni Mustaqil davlatlar hamdo’stligi miqyosida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy ko’rik tanlovda «Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun» esdalik ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.