






Musiqa ta’limi ta’lim yo’nalishi ta’lim oluvchi bir semester davomida 30 kreditni, bir o’quv yili bo’yicha 60 kreditni to’plashi zarur. O’qish muddati 3 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 180 kredit to’lashi kerak.
Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 60 kredit 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 50% auditoriya soati, 50% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.
60111300 – Musiqa ta’limi ta’lim yo’nalishi – umumiy o’rta ta’lim maktablari, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha pedagogik kadr jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari;
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug’ullanish;
60111300 – Musiqa ta’limi ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining kasbiy faoliyat turlari:
- Musiqa ta’limi bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’lib, u maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o’rta ta’lim maktablari, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, maktabdan tashqari hamda bolalar musiqa va san’at maktablari uchun bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha pedagogik kadr jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug’ullanish, ommaviy axborot vositalari, davlat boshqaruvi organlari, boshqa davlat va nodavlat muassasalarda kasbiy faoliyat yuritish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi
- umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fanlaridan, o’rta maxsus kasb- kunar kollejlarida kasbiy fanlardan o’rnatilgan tartibda dars berish
- umumiy o’rta ta’lim maktablari, kasb-kunar kollejlaridan tashqari muassasalarda tarbiyachi bo’lib ishlash;
- ta’lim tizimida kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash;
- kasb hunar ta’lim muassasalarida musiqa ta’limi o’qituvchisi mos ta’lim yo’nalishlar bo’yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo’lib ishlash;
- pedagogika va musiqa fanlar yo’nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy hodim bo’lib ishlash
- arxivlarda, axborot-resurs markazlarida, nashriyotlarda, ommaviy-axborot muassasalarida, qo’lyozma fondlarida, turli tadbirkorlik sub’ektlarida, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlarida hamda boshqa muassasalarda ishlash;
- ahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma’naviyat va ma’rifat markazlarida ishlash;
- ishlab chiqarish sohasida musiqiy kasbiy ta’lim pedagogikasi, o’qitishning didaktik vositalari, ta’limning elektron vositalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish kabi sohalarni qamrab oladi.
- umumiy о’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida Musiqa ta’limi fanlaridan o’rnatilgan tartibda dars berish;
- ta’lim muassasalarida kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash;
- mos ta’lim yo’nalishlar bo’yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirlilar, ularning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida Musiqa ta’limi fani bo’yicha metodist bo’lib ishlash;
- tabiiy fanlar yo’nalishidagi ilmiy – tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo’lib ishlash;
- mahalliy o’z – o’zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma’naviyat va ma’rifat markazlarida ishlash;
- ishlab chiqarish sohalarida, kasbiy ta’lim pedagogikasi va texnologiyasi, o’qitishning didaktik vositalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish:
Musiqa ta’limi ta’lim yo’nalishi bitiruvchilari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadigan magistratura mutaxassisliklari bo’yicha belgilangan muddatlarda o’qishni davom etirishlari mumkin.
I o’quv yili / 1-semester
Fan kodi | Fanning malakaviy kodi | Fan nomi | Soat | Kredit | Tanlov turi |
---|---|---|---|---|---|
1.01 | 351FM1002 | Falsafa. | 60 | 2 | Majburiy fan |
1.03 | 351O’M1004 | O’zbek (rus) tili | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.04 | 351XM1006 | Xorijiy til | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.10 | 351MusNa | Musiqa nazariyasi | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.11 | 351MusKDI | Musiqiy kompyuter dasturlarida ishlash | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.13 | 351VokZM | Vokal va zamonaviy musiqa | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.14 | 351CHolI | Cholg’u ijrochiligi | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.15 | 351Forte | Fortepiano | 120 | 4 | Majburiy fan |
Jami: | 900 | 30 |
I o’quv yili / 2-semester
Fan kodi | Fanning malakaviy kodi | Fan nomi | Soat | Kredit | Tanlov turi |
---|---|---|---|---|---|
1.02 | 351MM1002 | Ma’naviyatshunoslik | 60 | 2 | Majburiy fan |
1.03 | 351XTM06 | Xorijiy til | 60 | 2 | Majburiy fan |
1.05 | 351YFGM1004 | O’zbekistonning eng yangi tarixi | 60 | 2 | Majburiy fan |
1.07 | 351YFGM04 | Ovoz fiziologiyasi va gigiyenasi | 60 | 2 | Majburiy fan |
1.10 | 351MusNaz | Musiqa nazariyasi | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.12 | 351MMETNVM | Maktabgacha musiqiy estetik tarbiya nazariyasi va metodikasi | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.13 | 351MPA04 | Vokal va zamonaviy musiqa | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.14 | 351CHolI | Cholg’u ijrochiligi | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.16 | 351MusTar | Musiqa tarixi | 120 | 4 | Majburiy fan |
Jami: | 900 | 30 |
II o’quv yili / 3-semester
Fan kodi | Fanning malakaviy kodi | Fan nomi | Soat | Kredit | Tanlov turi |
---|---|---|---|---|---|
1.06 | 351TATM1004 | Ta’limda axborot texnologiyalari | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.07 | 351UmPsixM06 | Umumiy psixologiya | 180 | 4 | Majburiy fan |
1.17 | 351XorVX | Xor sinfi va xorni boshqarish | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.14 | 351MusO’M | Musiqa o’qitish metodikasi | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.15 | 351Garm | Garmoniya | 120 | 4 | Majburiy fan |
2.01 | 351ChIVA06 | Cholg’u ijrochiligi va ansambli | 120 | 4 | Tanlov fan |
2.02 | 351O’zbMT | O’zbek musiqasi tarixi | 120 | 4 | Majburiy fan |
Jami: | 900 | 30 |
II o’quv yili / 4-semester
Fan kodi | Fanning malakaviy kodi | Fan nomi | Soat | Kredit | Tanlov turi |
---|---|---|---|---|---|
1.07 | 351UmPed07 | Umumiy pedagogika | 180 | 6 | Majburiy fan |
1.17 | 351XorVX | Xor sinfi va xorni boshqarish | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.13 | 351OrKM10010 | Musiqa asarlari tahlili | 180 | 4 | Majburiy fan |
1.14 | 351AnKM1008 | An’anaviy xonandalik | 120 | 4 | Majburiy fan |
2.03 | 351MT06 | Orkestr sinfi | 180 | 4 | Tanlov fan |
2.04 | 351Zol04 | Maktab darsliklari bilan ishlash | 120 | 4 | Tanlov fan |
2.06 | 351MPA04 | Malakaviy va pedagogik amaliyot | 60 | 2 | Majburiy fan |
Jami: | 900 | 30 |
III o’quv yili / 5-semester
Fan kodi | Fanning malakaviy kodi | Fan nomi | Soat | Kredit | Tanlov turi |
---|---|---|---|---|---|
1.19 | 351MusO’T | Musiqa o’qitish texnologiyalari | 120 | 4 | Majburiy fan |
1.23 | 351Dir | Dirijyorlik | 180 | 6 | Majburiy fan |
1.24 | 351MaqSI | Maqom san’ati ijrochiligi | 180 | 6 | Majburiy fan |
2.05 | 351MTTE | Musiqiy to’garaklarni tashkil etish | 120 | 4 | Majburiy fan |
2.06 | 351ChVCh | Cholg’ushunoslik va cholg’ulashtirish | 180 | 6 | Majburiy fan |
2.07 | 351MusPedP | Musiqa pedagogikasi va psixologiyasi | 120 | 4 | Tanlov fan |
Jami: | 900 | 30 |
III o’quv yili / 6-semester
Fan kodi | Fanning malakaviy kodi | Fan nomi | Soat | Kredit | Tanlov turi |
---|---|---|---|---|---|
2.09 | 351MPA26 | Malakaviy va pedagogik amaliyot | 780 | 26 | Majburiy fan |
2.10 | 351YDA04 | Yakuniy davlat attestasiyalar | 120 | 4 | Majburiy fan |
Jami: | 900 | 30 |
UMUMIY MUSIQA TA’LIMI
Fan kodi | Fanning malakaviy kodi | Fan nomi | Soat | Kredit | Semestr |
---|---|---|---|---|---|
1.10 | 351MusNaz | Musiqa nazariyasi | 120 | 4 | 1 |
1.10 | 351MusNaz | Musiqa nazariyasi | 120 | 4 | 2 |
Jami: | 240 | 8 |
Fanning qisqacha bayoni:
Musiqa — ohang (intonatsiya) san’ati, sadolarda ifodalangan voqelikning badiiy aksidir. U borliqni o’ziga xos tarzda aks ettirib, uni boyitadi, hamda uni tushunib olish va o’zgartirishga yordam bеradi. Ma’lumki, musiqa jamiyat hayotida muhim rol o’ynaydi. Musiqa insonning turmush tarzi va ijtimoy hayotida, mеhnat va dam olish chog’larida albatta ishtirok etadigan bo’lib, kishini ma’naviy qadriyatlarga erishtiradigan noyob vositadir. U shaxsning ma’naviy olamini, axloqiy maqsadlarini shakllantiruvchi estеtik tarbiyaning samarali quroli hisoblanadi. Musiqaning o’zi, uning yaratuvchilari, ijro etuvchilari, tinglovchilaridan iborat musiqa madaniyati jamiyat madaniyatidagi muhim bir sohadir. Musiqa haqidagi ta’lim tizimining boshlang’ich qismi — Musiqa elеmеntar nazariyasi – umuman musiqaning asosiy elеmеntlari va ayniqsa, kuy va uning sirlarini o’rganishni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi. Olinadigan bilimlarni umumlashtirish maqsadida har bir musiqa elеmеnti haqidagi ma’lumot darslikning ayrim boblariga kiritilganligiga qaramay, o’quvchi shuni yodda tutishi kеrakki, musiqa elеmеntlari faqat bir-biri bilan bog’liqligidagina o’zining ifodali xususiyatlarini namoyon qilishi mumkin. Musiqa elеmеntar nazariyasi kursi o’quvchilarga nazariy fanlarning kеyingi kurslarini o’rganish uchun mustahkam zamin yaratib bеradi va mustaqil musiqiy fikrlay olish ko’nikmaning rivojlanishiga asos soladi. bunga tarixiy nuqtayi nazardan yoritilgan lad, ritm, kuy, xromatizm kabi mavzular imkon tug’diradi. bu asosiy vazifalardan tashqari mazkur fan kursi o’quvchilarga boshqa musiqiy fanlar (cholg’u va vokal ijrochiligi, xor dirijyorligi, musiqa o’qitish mеtodikasi) bo’yicha o’tiladigan musiqiy asarlar matnini ongli o’zlashtirishda yordam bеradi. Nihoyat, musiqa elеmеntar nazariyasi boshqa fanlar bilan baravar o’quvchilarning umumiy musiqiy va madaniy saviyasini o’sishiga ko’maklashadi. Musiqa nazariyasi kursining asosiy nazariyalari ma’lum izchillikda bayon qilingan. Fanini puxta o’zlashtirish nazariy matеriallarni bilish bilan birga, talabalarning pеdagogik amaliyoti davrida va bitirgandan keyingi ishlarda ko’nikma sifatida xizmat qiladi.
Dars turi va baholash usuli
Dars turi | 1-semestr | Nazoratlar | Ball taqsimoti |
---|---|---|---|
Ma’ruza mashg’uloti | 30 soat | Oraliq nazorat | 20 ball |
Amaliy mashg’uloti | 14 soat | Joriy nazorat | 10 ball |
Laboratoriya mashg’uloti | 46 soat | Joriy nazorat | 10 ball |
Mustaqil ta’lim | 90 soat | Joriy nazorat | 10 ball |
Yakuniy nazorat | 50 ball |
Dars turi | 2-semestr | Nazoratlar | Ball taqsimoti |
---|---|---|---|
Ma’ruza mashg’uloti | 30 soat | Oraliq nazorat | 20 ball |
Amaliy mashg’uloti | 16 soat | Joriy nazorat | 10 ball |
Laboratoriya mashg’uloti | 44 soat | Joriy nazorat | 10 ball |
Mustaqil ta’lim | 90 soat | Joriy nazorat | 10 ball |
Yakuniy nazorat | 50 ball |
Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o’tkazish jadvali
5 baholik shkala | 100 ballik shkala |
---|---|
5,00 — 4,96 | 100 |
4,95 — 4,91 | 99 |
4,90 — 4,86 | 98 |
4,85 — 4,81 | 97 |
4,80 — 4,76 | 96 |
4,75 — 4,71 | 95 |
4,70 — 4,66 | 94 |
4,65 — 4,61 | 93 |
4,60 — 4,56 | 92 |
4,55 — 4,51 | 91 |
4,50 — 4,46 | 90 |
4,45 — 4,41 | 89 |
4,40 — 4,36 | 88 |
4,35 — 4,31 | 87 |
5 baholik shkala | 100 ballik shkala |
---|---|
4,30 — 4,26 | 86 |
4,25 — 4,21 | 85 |
4,20 — 4,16 | 84 |
4,15 — 4,11 | 83 |
4,10 — 4,06 | 82 |
4,05 — 4,01 | 81 |
4,00 — 3,96 | 80 |
3,95 — 3,91 | 79 |
3,90 — 3,86 | 78 |
3,85 — 3,81 | 77 |
3,80 — 3,76 | 76 |
3,75 — 3,71 | 75 |
3,70 — 3,66 | 74 |
3,65 — 3,61 | 73 |
5 baholik shkala | 100 ballik shkala |
---|---|
3,60 — 3,56 | 5 baholik shkala |
3,55 — 3,51 | 5 baholik shkala |
5 baholik shkala | 70 |
3,45 — 3,41 | 69 |
3,40 — 3,36 | 68 |
3,35 — 3,31 | 67 |
3,30 — 3,26 | 66 |
3,25 — 3,21 | 65 |
3,20 — 3,16 | 64 |
3,15 — 3,11 | 63 |
3,10 — 3,06 | 62 |
3,05 — 3,01 | 61 |
3,00 | 60 |
3,0 dan kam | 60 dan kam |