Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Xorijiy grant loyihalar

Universitetda ’English Access Microscholarship” (Aksess) ingliz tili o‘rgatuvchi grant dasturi mabjud. Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan taklif etilgan ushbu – “English Access Microscholarship” (Aksess) ingliz tili o‘rgatuvchi grant dasturi hisoblanib, ingliz tili o‘rganishga qiziqishi bor bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari -13 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan o‘rganuvchilarga ikki yil muddatda ingliz tili, shuningdek informatikani bepul o‘rgatishni o‘z ichiga oladi. Ushbu dasturning moliyaviy qiymat $45 000 bo‘lib, ushbu summa dasturning rejalashtirilgan o‘quv tizimini amalga oshirishga yo‘naltiriladi. AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi va JDPU o‘rtasidagi hamkorlikka asosan, 2020-yil avgust oyidan boshlab o‘z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. Hozirda ushbu dasturda 36 nafar o‘quvchilar 3 guruhga bo‘linib, ingliz tili va informatikadan saboq olmoqda.

JDPU va Janubiy Koreaning Kyungwong bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq j¬¬oriy yil Qirol Sejong Instituti Fondi O‘zbekistonda koreys tili markazlarini tashkil etish bo‘yicha xalqaro grant tanlovida ishtirok etdi. O‘zbekistondagi jami 9 ta OTM ushbu grantni yutish uchun da’vogarlik qildi va yakunda ikki nafar oliy ta’lim muassasalari shulardan biri Jizzax davlat pedagogika universiti g‘olib deb topildi. Ushbu grant tanlovida g’olib deb topilgan Jizzax davlat pedagogika universiti rektori Sharipov Shavkat Safarovichga koreys tili markazini tashkil etish uchun Qirol Sejong instituti fondi tomonidan sertifikat toshirildi. JDPUda koreys tili markazini tashkil etish uchun Qirol Sejong instituti fondi tomonidan mablag‘ ajratilishi va markaz faoliyati to‘liq moliayalashtirilishi belgilandi. Konferensiya davomida JDPUda ochiladigan koreys tili markazini kerakli barcha texnika va jihozlar bilan ta’minlash, Janubiy Korea tarafidan dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun yuboriladigan koreys tili o‘qituvchilarining barcha xarajatlari, JDPU uchun ajratiladigan ushbu xorijiy grant mablag‘i hisobidan qoplanish masalasi muhokama qilindi. Joriy yil 12-oktabr kuni JDPUda King Sejong koreys tili o‘quv markazining rasmiy ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

JDPU hamda Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti bilan tuzilgan shartnomaga asosan e’lon qilgan “Ingliz tili va inkluziv hamkorlik” nomli grand dasturida ishtirok etib, grandni qo’lga kiritdi. Ushbu grant loyihasi quyidagi maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan:

• Ingliz tilini o‘qitish amaliyotini ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalari yoki universitetlardagi ixtisoslashgan fakultetlarda takomillashtirish.

• Ingliz tilini o‘qitish va o‘rganishda innovatsion yondashuvlarni PRESETT darajasida joriy etish.

• Ingliz tilini o‘qitish va o‘rganishda innovatsion yondashuvlarni PRESETT darajasida joriy etish.

• PRESETT darajasida ingliz tili o‘qitish ko‘nikmalarini takomillashtirish va kasbiy tarmoqlarga qo‘shilish uchun o‘qituvchilarning salohiyatini oshirish.

• Yaxshi sifatli ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlashni targ‘ib qiluvchi uzoq muddatli va barqaror institutsional o‘zgarishlarga hissa qo‘shish.

• PRESETT muhitlarida kam ta’minlangan guruhlarning ishtirok etishiga to‘siqlar va yordam beruvchi omillar bo‘yicha yangi bilimlar yaratish.

• PRESETT doirasida inklyuziya bo‘yicha yangi hamkorliklar o‘rnatish yoki mavjudlarini kengaytirish.

• PRESETT’da inklyuziyani ta’minlash uchun siyosat bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish.

• Inklyuziv shart-sharoitlarda o‘qitish va o‘rganish imkoniyatlarini kuchaytirish mexanizmlarini taklif etish.

Loyiha 2025-yildan boshlab ishga tushishi kutilmoqda.