Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Fuqaro va mexnat muhofazasi

 

Fuqaro va mehnat muhofazasi bo’limi boshlig’i: Yuldashev Ulug’bek O’ktamovich

Telefon: (8372) 226 26 30

Elektron manzil:

Fuqaro va mehnat muhofazasi bo’limi tarkibi: 1-toifali muhandislar: Ibragimov Murod Ne’matullaevich, Buronov Xusan Turon o’g’li, Umrzaqov Abdivaxob Baxodir o’g’li.

Telefonlar:

Mehnat muhofazasi muhandisi: +(99890) 229 80 36

Yong’in xavfsizligi muhandisi: +(99888) 328 33 66

Favqulodda vaziyatlar muhandisi: +(99893) 307 47 57

Fuqaro va mehnat muhofazasi bo’limi boshlig’ining asosiy vazifalari:

  • Institutda fuqaro va mexnat muhofazasi, yong’in xavfsizligi ishlari bo’yicha ishlarni tashkillashtiradi.
  • Institutning tuzilmalari tomonidan mexnat muxofazasi va yong’in xavfsizligi bo’yicha qonuniy va me’yoriy xuquqiy aktlarga amal qilinishini nazorat qiladi..
  • Institutda ishchi xodimlar va talabalar uchun sog’lom va xavfsiz sharoitlarni yaratishni tashkillashtirishda qatnashadi va travmatizmni oldini olish bo’yicha profilaktika ishlarini olib boradi.
  • Institutda ishchi xodimlarni mexnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo’yicha kirish yo’rig’idan o’tkazadi va ish joylarida yo’riqdan o’tkazishni, o’qitish va bilimlarini tekshirish va imtixondan o’tkazishni tashkillashtiradi.
  • Institutda ishchi xodimlar o’rtasida fuqaro va mehnat muhofazasi ,yong’in xavfsizligi bo’yicha axborot va targ’ibot ishlarini olib boradi.
  • Institutning bo’lim va kafedralarini fuqaro va mexnat muxofazasi, yong’in xavfsizligi bo’yicha qoidalar ,normalar, ma’ruza yo’riqnomalar, videoroliklar, yo’riqnomalar, plakatlar va turli ko’rgazmali dasturlar bilan ta’minlaydi.

Mehnat muhofazasi muhandisning asosiy vazifalari:

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi 60-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to’lash qoidalari” dan ko’chirma:

1 (32). Ish beruvchi kasb bo’yicha mehnat layoqatini yo’qotgan xodimga ishlab chiqarishda nobud bo’lganning oila a’zolariga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ularning zararni to’lashga bo’lgan huquqlarini va ushbu masalalar bilan ish beruvchiga murojaat qilish tartibini tushuntirishi hamda zararni to’lash to’g’risidagi talablarni berish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni olishda ariza beruvchiga ko’maklashishi va tegishli hollarda ushbu hujjatlarni boshqa tashkilotlardan talab qilishi shart.

2 (33). Zararni to’lash to’g’risidagi ariza ish beruvchiga beriladi. Zararni to’lash to’g’risidagi arizaning nusxasi kasaba uyushmasi qo’mitasiga yoxud korxona xodimlarining boshqa vakolatli organiga beriladi.

3 (34). Ish beruvchi zararni to’lash to’g’risidagi arizani ariza olingan kundan boshlab 10 kun muddatda ko’rib chiqishi va tegishli qaror qabul qilishi shart. Qaror ish beruvchining buyrug’i (farmoyishi) bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq asoslangan bo’lishi zarur, unda zarar to’lovini oladigan shaxslar, oilaning har bir a’zosi uchun uning miqdorlari va to’lash muddatlari ko’rsatiladi. Ish beruvchining zararni to’lash yoki asoslangan rad etish haqidagi buyrug’i nusxasi xodimga yoki manfaatdor shaxslarga buyruq chiqarilgan kundan boshlab 3 kun muddatda topshiriladi. 4 (35). Zararni to’lash to’g’risidagi arizaga Davolash-mehnat ekspertiza komissiyasining kasb bo’yicha mehnatga layoqatsizlik darajasi to’g’risidagi hamda tegishli hollarda jabrlanuvchining qo’shimcha yordam turlariga muhtojligi haqidagi xulosasi ilova qilinadi. Zarar to’lovlari muddatini uzaytirish uchun ham yuqorida qayd etilgan hujjatlar taqdim qilinadi. 5 (36). Davolash-mehnat ekspertiza komissiyasida sog’liqni tekshiruvdan o’tkazish va qayta tekshirishdan o’tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 6 (37). Boquvchisini yo’qotganlik tufayli zarar to’lanishi huquqiga ega bo’lgan shaxslarga zararni to’lash haqidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: a) fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi (FHDYo) tomonidan boquvchining vafoti to’g’risida berilgan guvohnoma nusxasi; b) vafot etgan shaxsning oila a’zolari tarkibi, shu jumladan uning qaramog’ida bo’lganlar to’g’risida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish

Yong’in xavfsizligi bo’yicha instruktor lavozim vazifalari:

  • Xodimlar bo’limi bilan birgalikda institutning yong’in-posbon soqchiligiga xodimlarni tanlash bilan shug’ullanish;
  • Tasdiqlangan xaritaga muvofiq institut xonalari va hududini kecha-yu kunduz qo’riqlanishini tashkil etish;
  • O’t o’chirish va yong’inga qarshi ishlatiladigan vositalar hamda anjomlar bilan ta’minlanishi va ular soz holda saqlanishini doimiy kuzatib borish;
  • O’t o’chirish anjomlarining o’z vaqtida profilaktik ta’mirlanishini va yaroqsizlarini yaroqlilari bilan almashtirilishini tashkil etish;
  • institutda yong’in chiqqan, tungi vaqtda begona shaxslar ushlangan hollarda navbatchi posbonlar qanday harakat qilishlari kerakligi xususida ularga yo’l – yo’riq berish;
  • Posbonlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borish.
  • O’z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo’riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, institutning ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo’lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish xususiyatini ta’minlaydi.

Favqulodda vaziyatlar muhandisining asosiy vazifalari:

  • O’zbekiston Respublikasi Fuqaro muxofazasi va mexnat muxofazasiga oid Qonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar Maxkamasi Qarorlari va vazirliklarning buyruqlari, topshiriqlari hamda maxalliy hokimiyat organlarining ko’rsatmalarini bajarish;
  • Fuqaro mudofaasi favqulotda vaziyatlar xujjatlarini belgilangan tartibda nomenklatura bo’yicha yuritish;
  • Institut fuqaro mudofaasi favqulotda vaziyatlar xarbiylashmagan tuzilmalarni tuzishni ta’minlash;
  • Fuqaro mudofaasi favqulotda vaziyatlar tuzilmalari shaxsiy tarkibini reja asosida o’qitishni tashkil etish;
  • Fuqaro mudofaasi favqulotda vaziyatlar tuzilmalari bilan «TMM, KMM, ommaviy mashq» larni alohida reja asosida o’tkazib borish;
  • Institut fuqaro mudofaasi favqulotda vaziyatlar tinchlik davriga mo’ljallangan rejasini xar yili qayta ko’rib chiqish va ijrosini ta’minlash;
  • Institut fuqaro mudofaasi favqulotda vaziyatlarga taalluqli anjomlar, gaz niqoblari va boshqa jixozlarni doimo shay xolatda bo’lishini ta’minlash va nazorat qilish;
  • Favqulotda vaziyatlarda binoni tark etish rejalarini belgilangan tartibda ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini ta’minlash xamda ko’rinarli joylarga ilib qo’yilishini amalga oshirish;
  • Yuqori tashkilotlardan kelgan fuqaro mudofaasi favqulotda vaziyatlarga oid barcha xujjatlarga o’z vaqtida o’rganib chiqish va natijasi bo’yicha ma’lumot taqdim qilish;
  • Institutda «Fuqaro mudofaasi kuni» ni alohida reja asosida o’tqazishni ta’minlash;
  • Fuqaro mudofaasi favqulotda vaziyatlar xizmatlari va yuqori tashkilotlar (IIB, FVB va boshqalar) bilan xamkorlikda ishlashni tashkil etish;
  • Favqulotda vaziyatlarda aloqa va xabar qilish vositalarini ishlashini ta’minlash;
  • Institutda fuqaro mudofaasi favqulotda vaziyatlar burchagi va o’quv xonasini tashkil qilish;
  • Favqulotda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi bo’yicha zaxiradagi boshqaruv punktini tashkil qilish va jixozlashni amalga oshirish.
  • Bo’lim boshlig’ining qonuniy topshiriqlarini bajarish;
  • Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish;
  • Institut ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.
  • O’zbekiston Respublikasi Fuqaro muxofazasi va mexnat muxofazasiga oid Qonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar Maxkamasi Qarorlari va vazirliklarning buyruqlari, topshiriqlari, mahalliy hokimiyat organlarining Qarorlari xamda Nizom, yo’riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, Institut ichki tartib-qoidalari bilishi.