Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Jamoatchilik kengashi

 

Kengash kotibi:

Shamshiyev Abduvali

Telefon: +(99893) 245 19 57

Elektron pochta manzili: jspi_info@umail.uz

Qabul vaqti: Har kuni (09:00-12:00)

Universitet huzuridagi jamoatchilik kengashi universitetning jamoatchilik boshqaruvi organlaridan biri hisoblanadi. Kengash yuridik shaxs (tashkilot) hisoblanmaydi. Kengash o’z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi. Kengash o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.

Ta’lim jarayonida samarali jamoatchilik nazoratini joriy etish orqali professor-o’qituvchilar va talabalar o’rtasidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit sog’lomligini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ishlar orqali oliy ta’lim muassasasining faoliyatini rivojlantirish, professor-o’qituvchilar o’rtasida sog’lom raqobatni rivojlantirish, jamoatchilik asosida amalga oshiriladigan nazorat orqali ta’lim sifati va ilmiy salohiyatning hamda ijodiy madaniyatning yangi bosqichga ko’tarilishiga ko’maklashish Kengashning asosiy maqsadlari hisoblanadi. Kengash tarkibiga universitet talabalari, ota-onalar, Yoshlar ittifoqining universitetdagi faollari, kadrlar buyurtmachilari, professor-o’qituvchilar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, shuningdek, institut faoliyatiga ulkan hissa qo’shib kelayotgan jismoniy va yuridik shaxslar vakillari kirishi mumkin. Kengashning tarkibi institut Kengashida tasdiqlanadi. Kengash to’g’risidagi nizom O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 28-iyuldagi 670-son buyrug’iga ilova qilingan Oliy ta’lim muassasasi huzuridagi jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish tartibi to’g’risidagi Namunaviy nizom talablarini hisobga olgan holda Kengash tomonidan tasdiqlanadi.

Kengashning vazifalari va vakolatlari:

Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • ta’lim sifati, professor-o’qituvchilarning bilimi va pedagogik mahorati, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o’rnatish;
  • universitetga professor-o’qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar bo’yicha tavsiyalar berish;
  • talabalarning murojaatlarini ko’rib chiqish, ularning pedagog kadrlar haqidagi fikrini to’liq o’rganish maqsadida ijtimoiy so’rovlar o’tkazish;
  • universitetdagi ta’lim jarayonini takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlash va universitetning tegishli kengashi muhokamasiga kiritish.

Kengash o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida:

  • o’quv ishlarini tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar talablari asosida amalga oshirilishini o’rganish, akademik guruhlarini shakllantirishni, o’quv jarayoniga tegishli mashg’ulotlar jadvallari sifatini (aniqligini) nazorat qiladi;
  • dekanat va kafedralarda o’quv yuklamalarining me’yoriy talablar asosida, odilona taqsimot qilinishini, dars soatlari taqsimoti to’g’ri hisoblanishini o’rganadi;
  • professor-o’qituvchilar tomonidan o’quv mashg’ulotlari jadvaliga to’liq rioya etishi, o’quv mashg’ulotlarini ko’chirish, o’tkazmaslik (barbod qilish), darsga kech qolish, darslarni belgilangan vaqtidan erta tugatish hollarini o’rganadi, ularning sabablarini aniqlaydi, tahlil etadi hamda tegishli tavsiyalar beradi;
  • ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi bilan hamkorlikda (fakultet) professor-o’qituvchilari tomonidan o’zaro darsga kirish, ochiq o’quv mashg’ulotlarini, muammoli darslarni tashkil etish rejalarining talab darajasida bajarilishini nazoratga oladi;
  • oraliq va yakuniy nazoratlar hamda yakuniy davlat attestatsiyalari jarayonida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
  • zaruriy hollarda tegishli mutaxassislar ishtirokida ishchi guruhlar tuzib, darsga xalaqit bermagan holda o’quv mashg’ulotlari sifatini o’rganadi, tavsiyalar beradi;
  • kafedralarda fanlardan o’quv mashg’ulotlarining zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilishi, kafedra filiallarida laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarning o’tkazilishini tashkil etish, zaruriy qo’llanmalarning, elektron o’quv-uslubiy majmualarining yaratilishi, o’qitish tizimiga zamonaviy informatsion texnologiyalar, masofaviy o’qitish uslublarini qo’llash faoliyatini o’rganadi;
  • professor-o’qituvchilar va boshqa xodimlar hamda talabalar o’rtasida sog’lom ma’naviy muhitning mavjudligini o’rganadi va bu muhitning buzilishiga olib keluvchi sabablarni tahlil etadi, zaruriy tavsiyalar beradi;
  • ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha tadbirlar rejasini o’rganadi, tahlil qiladi va bu tadbirlarning o’quv jarayoniga xalaqit bermasligi, talabalarni o’quv mashg’ulotlaridan asossiz ravishda ozod qilib, turli tadbirlarga jalb etish sabablarini o’rganadi, xulosalar tayyorlaydi;
  • talabalarni (professor-o’qituvchilar va ishchi-xodimlarni) hasharlarga, universitet hududidagi turli xo’jalik ishlariga, (majburiy mehnatga) jalb etilishini nazorat qiladi va bu tadbirlar tufayli dars qoldirishlarga yo’l qo’ymaslik choralarini ko’radi;
  • professor-o’qituvchilar va boshqa xodimlarni ijtimoiy himoyalash va ularga mukofotlar belgilashda, (ularni vazirlik va davlat mukofotlariga tavsiya etishda, rag’batlantirishda) ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya etilishi, mukofotlanishda shaxsning (professor-o’qituvchining, xodimning) o’z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarilishini, jamoat ishlarida, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirokini hisobga olinishi kabi holatlarni nazorat qiladi;
  • universitet, professor-o’qituvchilar va talabalarning faoliyati (ishdan bo’shatilishi yoki talabalar safidan chiqarilishi) bilan bog’liq bo’lgan barcha turdagi yig’ilishlarda (tadbirlarda) ishtirok etish uchun o’z a’zolaridan vakil tayinlaydi;
  • faol talabalar (iqtidorli talaba-yoshlar) (fan olimpiadalari, sport musobaqalari, turli ko’rik-tanlovlar g’oliblari) va har jihatdan e’tirofga loyiq bo’lgan professor-o’qituvchilarni rag’batlantirish bo’yicha universitet rahbariyatiga tavsiyalar kiritadi;
  • talaba-yoshlarning talabalar turar joylaridagi, xususiy xonadonlardagi yashash sharoitlarini o’rganish, ularning shart-sharoitlarini yaxshilash bo’yicha universitet tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qiladi, bu ishlarni yaxshilash bo’yicha tavsiyalar beradi;
  • talabalar orasida tartibbuzarlik, axloqsizlik, giyohvandlik, ichkilikbozlik kabi illatlar tarqalishining oldini olish va ota-onalar kengashi bilan hamkorlikda bu salbiy holatlarga qarshi faoliyat yuritish, nazorat etish (qilish), ahvolni yaxshilashga oid chora-tadbirlar ko’rish yuzasidan tavsiyalar beradi;
  • talaba-yoshlarning universitet hududida, yashash joylarida turli nojo’ya harakatlar qilmasligi, jamoat tartibiga, qonunchilikka rioya etishlarini o’rganadi, nazorat qiladi va tavsiyalar beradi;
  • talabalar uchun universitet hududida umumiy ovqatlanish joylaridagi xizmat va taomlarning sifati va narxini o’rganadi;
  • professor-o’qituvchilarga ilmiy faoliyat olib borish uchun sharoit yaratish, doktorlik dissertatsiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib borayotganlarni ijtimoiy himoyalash, yil davomida faol ilmiy ish bilan shug’ullanib, yaxshi natijalarga erishganlarni mukofotlash, sust harakat qiluvchilarga chora ko’rish kabi ishlarni nazorat qiladi;
  • professor-o’qituvchilar tomonidan monografiyalar, darsliklar, o’quv qo’llanmalarni shartnoma asosida tayyorlanishini va ularga o’z vaqtida gonorarlar to’lanishini o’rganadi;
  • ta’lim, fan va ishlab chiqarish hamkorligida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari va ularning natijalarini tahlil qiladi va jamoatchilik nazoratini o’rnatadi;
  • talabalarni ilmiy faoliyatga jalb etilishi, xalqaro, respublika ilmiy anjumanlari, tanlovlari, ko’rgazmalari, fan olimpiadalarida qatnashishi kabi ishlarni tashkil etilishini o’rganadi va tavsiyalar beradi;
  • to’lov-shartnoma asosida ta’lim olayotgan talabalar tomonidan shartnoma talablarining o’z vaqtida bajarilishi, bu borada ota-onalarning mas’uliyatini oshirishga qaratilgan choralarni ko’radi;
  • talabalarga stipendiyalarning o’z vaqtida berilishini, stipendiyalardan noqonuniy ushlab qolish hamda turli maqsadlarda pul yig’ish kabi hollarning bo’lmasligini nazorat qiladi, shu (mazkur hollar) bo’yicha chora-tadbirlar belgilaydi;
  • professor-o’qituvchilar va boshqa xodimlar hamda talabalarni ijtimoiy himoya qilish, ularga moddiy yordam ko’rsatish kabi ishlarning borishini nazorat qiladi va bu borada tavsiyalar beradi;
  • byudjetdan tashqari mablag’lardan foydalanishning mavjud me’yoriy hujjatlar talablariga mosligini nazorat qiladi;
  • o’quv auditoriyalarining ahvoli, tozalik darajasi, dars o’tish sharoitlarini, auditoriyalarning kerakli anjomlar bilan ta’minlanganligini o’rganadi;

universitetga professor-o’qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar bo’yicha tavsiyalar berishda:

  • professor-o’qituvchilarni ishga qabul qilish va attestatsiyadan o’tkazish jarayonida ishtirok etish va fikr bildirish uchun o’z a’zolaridan vakil tayinlaydi;
  • ishga qabul qilinayotgan professor-o’qituvchining sinov uchun o’tkaziladigan ochiq darsida ishtirok etish uchun o’z a’zolaridan vakil tayinlaydi;
  • ishga qabul qilinayotgan nomzodlar bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini yozma ravishda bildiradi;

talabalarning murojaatlarini ko’rib chiqish, ularning pedagog kadrlar (professor-o’qituvchilar, pedagoglar) haqidagi fikrini to’liq o’rganish maqsadida ijtimoiy so’rovlar o’tkazishda:

  • jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini to’liq o’rganib chiqilishi hamda ularning asoslangan holda, to’laqonli ravishda qanoatlantirilishini nazorat qiladi;
  • talabalarning murojaatlarini ko’rib chiqish, ularning pedagog kadrlar (professor-o’qituvchilar, pedagoglar) haqidagi fikrini to’liq o’rganish maqsadida ijtimoiy so’rovlar o’tkazadi;
  • professor-o’qituvchilar tomonidan talabalar bilimini xolisona baholamaslik tamagirlik qilish kabi noqonuniy harakatlar sodir qilinishining oldini olish bo’yicha choralar belgilaydi, tavsiyalar beradi;
  • talabalarning o’quv mashg’ulotlariga qatnashishi, sababsiz dars qoldirishlar, darsga kechikish, darslardan sababsiz ketib qolish hollarining sabablarini o’rganadi, nazorat qiladi;
  • talabalarning fanlar bo’yicha baholanishida reyting to’g’risidagi nizom talablarining bajarilishini, baholash mezonlarini, tajribali o’qituvchilarning ish uslublarini o’rganadi va targ’ib etadi;

universitetdagi ta’lim jarayonini takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlashda:

  • o’quv, ilmiy va tarbiyaviy ishlarni shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko’zlagan holda amalga oshirishga, shuningdek, talabalarning har tomonlama yetuk shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur sharoitlarni yaratishda universitetga ko’mak va tavsiyalar berish;.
  • universitetning sha’ni, obro’si va har jihatdan taraqqiy etishi (rivojlanishi)uchun xizmat qiladigan tadbirlarni tashkil etadi;
  • universitetda jamoatchilik nazoratini olib borish yo’nalishlarini belgilaydi hamda uning ijrosi bo’yicha har chorakda universitet Kengashida ma’lumot beradi;
  • oliy ta’limdan (bakalavriatdan) keyingi ta’lim tizimining (magistraturaning) samaradorligini tanqidiy o’rganadi va tahlil qiladi hamda takliflar kiritadi;
  • faxriylar kengashi bilan hamkorlikda uzoq yillar mehnat qilgan va hozirda nafaqada bo’lgan professor-o’qituvchilar va boshqa xodimlarning ahvolidan, yashash sharoitlaridan xabardor bo’lish, lozim bo’lganda moddiy yordam berish kabi ishlarning amalga oshirilishida hamkorlik qiladi;
  • universitetda muammoli masalalar yechimini topishda o’z vakolatlari doirasida ko’maklashadi;
  • universitet Kasaba uyushmasining boshlang’ich tashkiloti yig’ilishlarida ishtirok etish uchun o’z a’zolaridan vakil tayinlaydi;
  • universitet rahbariyati kengashiga tartibsiz, ichki tartib-qoidalar va axloq-odob normalariga rioya etmagan talabalar va xodimlarga (rahbar xodimlarga) nisbatan tegishli chora qo’llash bo’yicha taklifini kiritadi;
  • talabalarning hatti-harakati, o’zini tutishi, o’qishi, universitetdagi faoliyati yuzasidan ularning ota-onalarini xabardor qiladi;
  • korrupsiya va boshqa shu kabi illatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarda faol ishtirok etadi, takliflar kiritadi;
  • kafedralar, fakultetlarning yillik hisobotlarini rektorat tomonidan ko’rib chiqishda jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi

KENGASH TARKIBI

Hozirgi kunda universitet Jamoatchilik kengashi tarkibi 41 nafar a’zodan iborat