Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i:

Abduraimov Sherali Saydikarimovich

Telefon: +(99890) 495 00 81

Elektron manzil: tdpu.sherali@mail.ru

Qabul vaqti: Dushanba — shanba – 09.00-18.00

Azamatov Islom Yetmishovich

Bosh mutaxassis

Telefon: +(99891) 590 89 60

Elektron manzil: jdpi.islom@mail.ru

Qosimov Rustam Abdumanonovich

Bosh mutaxassis

Telefon: +(99893) 303 40 34

E-mail: rustam.qosimov1989@mail.ru

Norbo’tayev Sardor Abdulla o’g’li

Mutaxassis

Telefon: +(99893) 306 93 83

E-mail: sardornorbotayev96@gmail.com

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risidagi»gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O’zbekiston Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Davlat inspeksiyasi va instituti rektori buyruqlari va qonuniy ko’rsatmalari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig’i hamda A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika instituti rektori tomonidan 2018-yil 17-yanvarda tasdiqlangan nizom asosida faoliyat ko’rsatadi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limining asosiy vazifalari:

  • institutda ta’lim jarayoni sifatini, uning o’quv adabiyotlari va o’quv uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o’rganish
  • ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash
  • attestatsiya, ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda institutda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o’z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o’rnatish
  • ta’lim sifatini belgilovchi ko’rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar xamda kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish
  • institut professor-o’qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fanlariga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o’tganligini, mos ixtisoslik bo’yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o’rganish va xulosalarni institut rektoriga ma’lumot kiritish
  • davlat inspeksiyasi topshirig’iga binoan institutlar reytingini aniqlash va baholashga oid ma’lumotlarni to’plashda, o’tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda ishtirok etish
  • talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida ballarning xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini belgilash ta’lim sifatini o’rganish maqsadida talabalar o’rtasida so’rovnomalar tashkil qilish.
  • institut tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o’quv seminarlari va treninglarni o’tkazish
  • institut Kengashlarida, davra suhbatlarida va anjumanlarda bo’lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o’rganish va monitoring natijalari to’g’risida ma’lumotlar berib boorish
  • ta’lim sifati holatini o’rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etish

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limining huquq va majburiyatlari:

  • institutda attestatsiya jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish va uning o’z vaqtida bajarilishini nazoratga olish
  • ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati muammolari bo’yicha xalqaro konferensiyalar, anjumanlar, simpoziyumlar, seminar va o’quvlarda ishtirok etish
  • belgilangan tartibda institut Kengashiga saylash va saylanish
  • xizmat vazifalarini vijdonan bajaradi va o’z shaniga dog’ tushirmaydi
  • davlat inspeksiyasiga taqdim qilinayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga xamda institutning institutning ishchi o’quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini tayyorlash sifati, bitiruvchilarning yakuniy attestatsiya va reyting baholari xolisligini belgilangan tartibda nazoratini tashkil etishga javob beradi
  • O’bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorirga muvofiq ijro intizomiga, o’quv va mehnat intizomiga, mehnatni muxofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, institutning Nizomi, ichki tartib xamda odob-axloq qoidalariga rioya etadi.