
Axmatjanov Xurshid Shavkatovich
Telefon: +(99888) 185 00 07
Elektron manzil : hurshid87@yandex.ru
Ish vaqti: 09:00 — 17:00
Markaz faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
- Universitetning kompyuter va axborot infratuzilmasini yaratish va uning dasturiy ta’minotini amalga
oshirish; - Axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga kiritish, o’quv jarayonini boshqarishni kompyuterlashtirish,
axborot tizimlari va elektron kutubxonalarni yaratish; - Professor-o’qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, magistratura va bakalavriat talabalari uchun INTERNET va
milliy ilmiy-o’quv tarmog’idan foydalanishlariga imkoniyatlar yaratish; - Axborot – kommunikasiya tarmog’inining o’quv-metodik ta’minotini yaratish borasida universitet
fakultetlari
va kafedralarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish; - Axborot-kommunikasion texnologiyalarini rivojlantirish muammolariga bag’ishlangan ko’rgazmalar,
anjumanlar, amaliy seminarlarda ishtirok etish va tashkil etish; - Respublikaning boshqa o’quv muassasalari, chet el davlatlari ta’lim muassasalari bilan o’zaro tajriba
almashish, axborot texnologiyalari bo’yicha hamkorlikdagi o’quv kurslarini yaratish maqsadida ijodiy
aloqalarni o’rnatish va rivojlantirish; - Universitetning rasmiy veb saytini yaratish, universitet yangiliklari haqidagi axborotlar bilan doimiy
yangilanishini ta’minlash; - Universitetni zamonaviy kompyuterlar va tarmoq bilan ishlash uchun zaruriy ashyolar bilan ta’minlash
haqidagi takliflarni tayyorlash; - Universitet kompyuterlar tarmog’ini yaratish va tarmoqning dasturiy ta’minotini amalga oshirish
(Intranet
va Internet); - Universitet kompyuterlarining dasturiy ta’minotini amalga oshirish;
- Fakultetlarda Kompyuter sinflarini tashkil qilishga amaliy yordam ko’rsatish;
- Kompyuter texnologiyalarini joriy etish bo’yicha o’quv-metodik ta’minotni yaratish;
- Elektron o’quv qo’llanmalarni yaratishda va ularni o’quv jarayoniga joriy qilishga amaliy yordam
ko’rsatish; - Elektron darsliklar va ma’ruzalar matnlarining elektron versiyalari yaratish bo’yicha amaliy yordam
ko’rsatish; - Universitet Axborot resurs markaziga avtomatlashtirilgan (ARMAT) tizimini joriy etishda amaliy yordam
ko’rsatish.

Umurzakov Bobur Erkinovich
Telefon: +(99899) 260 44 88
Elektron manzil : boburiy88@gmail.com
Ish vaqti: 09:00 — 17:00
Raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo’limi:
Raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo’limi universitetdagi axborot texnologiyalariga oid ko’plab
masalalarni hal etadi: Yangi axborot texnologiyalari bo’yicha elektron ilmiy, uslubiy qo’llanmalar va
darsliklarni yaratishda amaliy yordamlar ko’rsatish, hamda ularni Internet – xalqaro axborot tizimlari bo’yicha
tarqatishni yo’lga qo’yish; masofaviy o’qitish ishlarini amalga oshirish; professor-o’qituvchilar,
tadqiqotchilar, iqtidorli talabalarni kompyuter va axborot texnologiyalari bo’yicha savodxonligini oshirish
maqsadida kurslar tashkil etish; professor-o’qituvchi xodimlar, tadqiqotchilar va talabalar uchun kompyuter
hamda axborot texnologiyalari manbalaridan, Internet – xalqaro axborot tizimlaridan unumli foydalanishni yo’lga
qo’yish; amaliyot va laboratoriya darslarini multimedia va kompyuter tizimlari orqali animatsion materiallar
yaratish ishlarida amaliy yordam ko’rsatish va uni tashkil qilish; turli xil dasturlar yaratish va ularni tatbiq
etish; ARM kutubxonasining elektron katalogini yaratish, “virtual kutubxona” joriy etish va undan foydalanishni
yo’lga qo’yish; axborot uzatish va qabul qilish vositalaridan (Internet, elektron pochta, modem aloqa, faks va
sh.k.) foydalanish ishlarini amalga oshirish; o’quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishni
kompyuterlashtirish shu bilan birga yagona axborot makonini yaratish, mashg’ulotlar o’tkazish sifatini
markazlashgan holda masofadan nazorat qilishni amalga oshirish; axborot texnologiyalari uchun zarur bo’lgan
texnik vosita va jihozlarni zamon talablari asosida yangilab turish; oliy ta’lim tizimiga yangi axborot
texnologiyalarini joriy etish; axborotlar bazasini yaratish va ularni doimiy ma’lumotlar bilan yangilab borish;
videokonferensiya, videokonsultatsiya va videodebatlarni tashkil etish; universitetning Web saytini yaratish va
uni
doimiy yangi ma’lumotlar bilan yangilab borishda amaliy yordamlar ko’rsatish.

Tarmoqlarni boshqarish bo’limi boshlig’i:
Abduraximov Uzoqboy Mirzayevich
Telefon: +(99898) 261 50 59
Elektron manzil : uzoqboyabduraximov@gmail.com
Ish vaqti: 08:30 — 16:30
Tarmoqlarni boshqarish bo’limi:
Tarmoqlarni boshqarish xodimlari foydalanuvchilarning tarmoq aloqalari bilan bog’liq turli xil nosozliklarni hal
etadilar. Tarmoqlarni boshqarish bo’limi IP sozlamalarini sozlash,tarmoq xavfsizligini yaxshilash va tizim
ishlashini kuzatish kabi vazifalarni bajaradi. Foydalanuvchilar operatsion tizimda aloqa dasturlari va
xizmatlaridan foydalanish haqida to’liq ma’lumot topadilar. Shuningdek, universitet bosh binosi hamda boshqa
binolarda joylashgan fakultetlar o’rtasidagi ma’lumot almashish va ulanishlarni yaxshilaydi. Bo’lim universitetning
kerakli nuqtalariga wifi zonalarini tashkil etish bilan birga, universitetdagi barcha xonalarni hamda kerakli
obyektlarga kamera nazoratini o’rnatadi. Tarmoqlarni boshqarish bo’limi xodimlari kameralar olayotgan
tasvirlarning sifati yaxshiligi va wifi zonalardagi aloqalar uzluksizligini ta’minlaydi.

Texnik qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i:
Bekmurodov Tohir Rajabovich
Telefon: +(99899) 072 70 88
Elektron manzil: tohirboy9588@mail.ru
Ish vaqti: 08:30 — 16:30
Texnik qo’llab-quvvatlash bo’limi:
Bo’lim universitetning markazlashtirilgan bo’limlari foydalanuvchilarini texnik va axborot bilan ta’minlash,
universitet axborot tizimlari (AT) serverlarining apparat va tizimli dasturiy ta’minotiga xizmat ko’rsatish,
foydalanuvchi ish stantsiyalarini texnik qo’llab-quvvatlash bo’yicha ishlarni bajarish, tizim va amaliy
dasturlarni o’rnatish va sozlash, dasturiy ta’minotni yangilash, shaxsiy kompyuterning tashqi qurilmalarini
ulash va sozlash, dasturiy va apparat nosozliklarini bartaraf etish, foydalanuvchilarga joylarda maslahat
berish, server tizimining dasturiy ta’minotini boshqarish, serverlarning tizim dasturiy ta’minotini o’rnatish,
sozlash va yangilash, server tizimi va apparat nosozliklarini bartaraf etish, universitetning IP
foydalanuvchilariga texnik yordam ko’rsatish, foydalanuvchi shaxsiy kompyuteridan universitet IP siga kirishni
sozlash, sohada kompyuter texnikasi va dasturiy ta’minotini hisobga olish bo’yicha ishlarni bajarish, kompyuter
texnikasi va dasturiy ta’minotini sotib olish uchun standart texnik shartlarni ishlab chiqish, universitetning
shaxsiy kompyuterlari va AT foydalanuvchilarini universitetda mavjud va yangi joriy qilingan AT va xizmatlar,
rejali va favqulodda ishlar haqida xabardor qilish.

Axborot xavfsizligini ta’minlash bo’limi boshlig’i:
Hasanov Sunnatillo Haydar o’g’li
Telefon: +998 93 009 02 07
Elektron manzil: sunnatillo92h@gmail.com
Ish vaqti: 08:30 — 16:30
Axborot xavfsizligini ta’minlash bo’limi:
Axborot xavfsizligini ta’minlash bo’limi oliy ta’lim muassasasida axborot xavfsizligini ta’minlaydi, oliy ta’lim
muassasasida axborot xavfsizligiga paydo bo’layotgan tahdidlar to’g’risida o’z vaqtida xabardor qilish,
shuningdek, axborotlarni muhofaza qilish bo’yicha konsultatsiya xizmatlari ko’rsatadi, oliy ta’lim muassasasida
axborot tizimlari resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta’minlaydi, qonun buzuvchilarni
tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga
oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qiladi, internet tarmog’i milliy segmentida axborot
xavfsizligi hodisalarining oldini olish bo’yicha o’zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot
xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi, bo’limning yillik va yarim yillik ish rejalarini
ishlab chiqadi, rahbarlik qilayotgan bo’lim xodimlarining ish rejalarini tasdiqlaydi, har chorakda bo’lim
o’zining ichki yig’ilishini o’tkazadi va ijro intizomi qoniqarsiz xodimlarni ogohlantiradi.



