Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Xalqaro hamkorlik bo’limi

Rashidov Sharof Xolmurod o’g’li
Xalqaro hamkorlik bo’limi uslubchisi
Telefon: +(99891) 209 07 66

Jizzax davlat pedagogika universitetining ta’lim sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirib, dunyo rivojlangan davlatlarning tajribasini o’rganib, quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi:

  • Oliy ta’lim muassasasi professor o’qituvchilarning malakasini oshirish;
  • Oliy ta’lim muassasasi professor o’qituvchilarning xorijiy ilmiy ammaliy seminar, konferentsiya va simpoziumlarda keng ishtirok etishi;
  • Professor o’qituvchilarning va talabalarning xorijiy almashinuv dasturlari va treninglarda qatnashuvi;
  • Xorijiy o’qituvchi va professorlarning oliy ta’lim muassasasiga, ta’lim jarayonini takomillashtirish va tajriba almashinuvi maqsadida ishlashga taklif etish;

Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik Janubiy Koreya Respublikasi, Angliya, Fransiya, Rossiya Federatsiyasi, Belorusiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog’iston, Hindiston va boshqa qator davlatlar bilan hukumatlararo va shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Ushbu shartnomalar parofessor o’qituvchilar va talabalar almashinuvi, ularning turli konferentsiya va simpoziumlarda ishtirok etishi, qo’shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy maqolalar chop ettirish va hokazo vazifalarni ko’rib chiqadi. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Ta’lim Vazirligi o`rtasida 1999 yil 8 noyabrdan belgilangan “Ta’lim sohasida hamkorlik” to’g’risidagi shartnoma doirasida Xitoy oliy ta’lim muassasalarida O’zbekistonning qator oliy ta’lim muassasalaridan 40 ta talaba, fan nomzodlari, va yosh mutaxassislar amaliyot o’tamoqdalar. Oliy ta’lim muassasasi Britaniya Kengashi, Koreyaning xalqaro hamkorlik bo’yicha agentliklari, Hindiston texnik hamkorlik dasturi, BMTning rivojlanish dasturi, va boshqalar bilan yaqindan aloqa o’rnatgan.

Ushbu barcha dastur va loyihalar JDPU da oliy ta’limni rivojlantirish, ilg’or xorijiy tajribani qo’llagan holda o’quv-metodik jarayonni takomillashtirish, professor o’qituvchilarning malakasini oshirish, talabalar almashinuvini kengaytirishga yo’naltirilgan.

Shuningdek JDPU Yevropa Ittifoqining Erasmus Mundus nomli ta’lim dasturlarida faol ishtirokini alohida ta’kidlash joiz. O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari hamda JDPU Yevropa Ittifoqining talabalar, o’qituvchilarning akademik tezkorligi, universitetlar o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Erasmus Mundus dasturida ham ishtirok etadi. Dasturlar doirasida talaba va o’qituvchilar Yevropa oliy ta’lim muassasalarida ilmiy amaliyot o’tash imkoniyatiga ega bo’lishadi. Hozirgi kunda xorijiy o’qituvchi va mutaxassislarni o’quv jarayoniga jalb qilish bo’yicha xorijiy sheriklar bilan hamkorlikka katta e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo’nalishdagi eng faol ish Koreyaning xalqaro hamkorlik bo`yicha agentligi KOICA bilan olib borilmoqda. Shuningdek Jizzax davlat pedagogika universiteti ikkita xorijiy Oliy Ta’lim Muassasasi bilan qo’shma ta’lim dasturlariga ega bular Belorusiyaning Baranovich universiteti bilan «2+2» ko’rinishida hamda Belorusiya davlat pedagogika universiteti bilan «3+1» ko’rinishida.