Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/09/2025
Chop etish
Tarixiy xotira – kelajak avlod uchun saboq.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor Maqsudjon Yuldashev talabalar bilan birgalikda oliygoh tarkibida faoliyat yuritayotgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talabalar muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishdilar. Muzey mutaxassislari turli eksponatlar va tarixiy yodgorliklar haqida qiziqarli ma’lumotlar berib, Jizzax viloyatidan qatag‘on qilingan shaxslar taqdiri, ularning hayoti va ijtimoiy faoliyati haqida samimiy hikoyalar so‘zlab berdilar. Ushbu tarixiy jarayonlarni yorituvchi jihozlar, hujjatlar va moddiy madaniy meros namunasi tashrifchilarda chuqur taassurot qoldirdi.




Rektor Maqsudjon Yuldashev o‘z fikrida shunday dedi:

“Qatag‘on qurbonlari — millatimiz ozodligi va istiqlol yo‘lida jon fido qilgan insonlar. Ularning hayoti va taqdiri har birimiz uchun ibrat maktabidir. Bunday sayohatlar yoshlarimizning tarixiy xotiraga hurmatini yanada oshirib, ularda Vatanga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlaydi.”

 

Shu bilan birga, tashrif jarayonida talabalar ham o‘z fikrlarini bayon etdilar. Tabiiy fanlar fakulteti talabasi, universitet Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Madina Xushvaqtova shunday deydi:

“Muzeyda ko‘rgan eksponatlarimiz qalbimizni hayajonlantirdi. Biz nafaqat qatag‘on qurbonlari taqdiri bilan tanishdik, balki ozodlik va istiqlol qadrini yanada chuqur his qildik.Tarixiy xotira — bu kelajak avlod uchun saboq. Bugungi tinch, erkin hayotimizning ortida qanday og‘ir kunlar bo‘lganini bilish, bizga yurtimiz istiqlolini asrashda katta mas’uliyat yuklashi aniq.”

 

Shu bilan birga, rektor hamda talabalar 2024-yilda universitetning 50-yillik tantanalari munosabati bilan tashkil etilgan “Universitet tarixi” muzeyida ham bo‘ldilar. Mazkur muzeyda oliygohning yarim asrlik tarixini aks ettiruvchi eksponatlar, universitet rahbarlari haqidagi ma’lumotlar, qo‘lyozmalar, turli maket va fotosuratlar talabalarga namoyish etildi.Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yosh avlodni tarixiy xotira bilan tanishtirish, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish, ajdodlar xotirasiga hurmat va minnatdorlik hissini yanada mustahkamlashdir.

Ta’kidlash joiz, bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar talabalarning tarixiy merosimizga bo‘lgan qiziqishi va e’zozini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.


Ulashish:
2 893
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.