Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/09/2025
Chop etish
Magistrantlar bilan “Mustaqillik darsi”
Madaniyat saroyida magistrantlar uchun navbatdagi “Mustaqillik darsi” tashkil etildi. Dars professor Faniya Axmedshina ishtirokida qizg‘in va samarali o‘tdi.

“Tanlanganlar, xush kelibsiz bu dargohga”, — deya samimiy so‘zlar bilan chiqish qilgan professor Axmedshina mustaqillik tarixi, unga jon fido etgan ajdodlar merosi, jadidlar harakatining o‘rni hamda ilm olishning qadri haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Dars jarayonida yoshlarga zamonga hamnafas bo‘lib yashash, bilim va izlanishga intilishning ahamiyati haqida hayotiy misollar keltirildi.Izlanishdan charchamaslik va Vatanga sadoqatli bo‘lish yo‘lida qimmatli tavsiyalar berildi.

Eng muhimi, suhbat savol-javob, fikr va takliflar almashuvi, qizg‘in bahs va munozara ruhida kechdi. Ushbu dars magistrantlar xotirasida uzoq yillar saqlanib qolishi shubhasiz.


Ulashish:
2 959
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.