Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/09/2025
Chop etish
JDPUda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Oliy, o‘rta-maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarining bino va inshootlari hamda talaba turar joylarini 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorlash, joylarga chiqib amaliy yordam ko‘rsatish hamda zaxira qilingan ko‘mir mahsulotlarining sifati, miqdori va saqlanishi holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh Jizzax davlat pedagogika universitetida bo‘ldi.

Tashrif davomida universitetning bino va inshootlari, o‘quv-laboratoriyalari, ustaxonalari, talabalar turar joylari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi o‘rganildi.

Mazkur jarayonda Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi bosh mutaxassisi A. Karamanov hamda Jizzax viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i  ishtirok etdi.

O‘rganish natijalari asosida tegishli tavsiyalar berilib, mavjud imkoniyatlarni yanada samarali foydalanishga qaratilgan choralar belgilandi.


Ulashish:
1 903
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.