Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/09/2025
Chop etish
Universitet rektori doktorantlar bilan uchrashdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida bugungi kunda 170 nafar doktorant faoliyat olib bormoqda.

Ularning ilmiy izlanishlari, yaratilgan sharoitlardan foydalanish samaradorligi hamda dolzarb muammolar yuzasidan universitet rektori Maqsudjon Yuldashev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni ochib bergan rektor Maqsudjon Yuldashev o‘z nutqida:

“Bugungi kunda universitet ilmiy salohiyati atigi 34 foizni tashkil etmoqda. Afsuski, bu ko‘rsatkich quvonarli emas. Yaratilayotgan imkoniyatlarga qaramay, o‘tgan yili doktorantura bitiruvchilaridan atigi ikki kishi ilmiy ishini himoya qildi. Bu esa biz kutgan natija emas. Doktorantlarga bildirilgan ishonch oqlanmayapti”, – deya ta’kidladi.

Rektor o‘z so‘zida mas’uliyat va javobgarlikni chuqur his etishga chaqirib, quyidagilarga alohida urg‘u berdi:

  • Hozirda 3-kursda 21 nafar doktorant tahsil olmoqda, biroq shulardan atigi 8 nafari kafedra seminaridan o‘tgan.

  • Ko‘pchilik doktorantlar “olma pish, og‘zimga tush” qabilida faoliyat yuritmoqda.

  • Natija ijobiy bo‘lishi uchun tashabbuskorlik, faol izlanish va mas’uliyatni oshirish zarur.

“Muammoni birgalikda aniqlab, unga yechim topishimiz kerak. Aks holda, yana o‘tgan yilgi natijalar bilan ortda qolamiz”, – dedi universitet rahbari.

Uchrashuv davomida doktorantlarning savol va takliflari tinglandi. Jumladan:

  • onlayn xorijiy til kurslarini ochish,

  • xorijiy stajirovkalarda o‘qituvchilar qatori doktorantlarni ham ishtirok ettirish,

  • rag‘batlantirish tizimini kuchaytirish,

  • doktorantlarga bevosita ko‘mak beruvchi professorlar guruhini tashkil etish kabi takliflar qo‘llab-quvvatlandi.

Tadbir yakunida rektor Maqsudjon Yuldashev ushbu uchrashuvni “tanishtiruv va muloqotning debochasi” sifatida baholab, shunday dedi: “Universitetimizda doktorantlarni qiynaydigan muammo bo‘lmasligi kerak. Sizlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalaning. Bugundan boshlab barchangiz men uchun shogirdsiz”.


Ulashish:
1 827
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.