Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/10/2026
Chop etish
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi

JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.

Tashrif davomida ishtirokchilar muassasadagi sharoitlar va mahkumlarning mehnat faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, mahkumlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, giyohvandlik va huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari muhokama qilindi.

Suhbatda psixologlar hamda profilaktika inspektorlari o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, yoshlarni qonunlarga rioya qilishga, sog‘lom turmush tarziga amal qilishga va huquqbuzarliklardan yiroq bo‘lishga chaqirdi.

Tadbir yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jinoyatchilikning oldini olish va ijtimoiy mas’uliyatini oshirishga qaratildi.


Ulashish:
19
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi. Tashrif davomida ishtirokchilar muassasadagi sharoitlar...
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.