Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/10/2026
Chop etish
Yoshlar uchun ilmiy va innovatsion imkoniyatlar

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Yoshlar kuni” doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Agentlikning tegishli boshqarma boshlig‘i, texnika fanlari doktori (DSc) Berdiyev Sanjar Allanazarovich, oliy ta’lim muassasalari rahbariyati, Agentlik hududiy bo‘linmalari mutaxassislari hamda Jizzax yoshlar texnoparki direktori qatnashdi.

Muloqotda yoshlarning ilmiy izlanishlari va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, startap loyihalarni amalga oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, “Akademik harakatchanlik”, “Bo‘lajak olim”, “Kelajak startaplari”, “Olima ayollar” dasturlari va xorijiy ilmiy stajirovkalar, ularda ishtirok etish talablari hamda tanlov imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Uchrashuv yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob va tavsiyalar oldilar.


Ulashish:
18
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talabalar oqshomi: iste’dod va yoshlik taronasi
Jizzax davlat pedagogika universitetining 5-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar tashabbusi bilan “Talabalar oqshomi” konsert dasturi tashkil etildi.
Yoshlar uchun ilmiy va innovatsion imkoniyatlar
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Yoshlar kuni” doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda Agentlikning tegishli boshqarma boshlig‘i, texnika fanlari doktori (DSc) Berdiyev Sanjar...
Giyohvandlikka qarshi profilaktik uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti talabalari ishtirokida «Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish» oyligi doirasida profilaktik targ‘ibot...