Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/10/2026
Chop etish
JDPUda “TOEFL INSIGHT DAY” xalqaro seminari o‘tkazildi!

Jizzax davlat pedagogika universitetida ETS (Educational Testing Service) bilan hamkorlikda TOEFL iBT rasmiy test markazining ochilishiga bag‘ishlangan “TOEFL Insight Day” xalqaro seminari tashkil etildi.


Tadbirda universitet rahbariyati, Filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, Ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari hamda ETS xalqaro tashkiloti vakillari ishtirok etdi.


Seminar davomida ETS mintaqaviy menejeri Anna Gutkovska-Zayach va ETSning Markaziy Osiyodagi vakili Sholpan Yergaliyevalar xalqaro baholash tizimlari va ilmiy tadqiqotlarga asoslangan baholash yondashuvlari haqida ma’lumot berdi. TOEFL iBT imtihonining o‘ziga xos jihatlari, testga tayyorgarlik ko‘rishning samarali usullari hamda o‘qituvchi va talabalar uchun muhim tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.


Tashrif doirasida ETS vakillarining universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashuvlari hamda universitet rahbariyati bilan muloqoti tashkil etildi. JDPUda TOEFL iBT rasmiy test markazining faoliyat boshlashi talabalar, professor-o‘qituvchilar va keng jamoatchilik uchun xalqaro darajada tan olingan ingliz tili sertifikatini qo‘lga kiritish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Mazkur tashabbus universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish hamda talabalarning xalqaro akademik mobilligini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.


Ulashish:
125
Boshqa rubrikalarda mashhur

Yoshlar uchun ilmiy va innovatsion imkoniyatlar
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Yoshlar kuni” doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Giyohvandlikka qarshi profilaktik uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti talabalari ishtirokida «Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish» oyligi doirasida profilaktik targ‘ibot...
Qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan respublika konferensiyasi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Qatag‘on qurbonlari: tarixiy haqiqat, milliy xotira va ma’naviy meros» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.