Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/10/2026
Chop etish
Ochiq eshiklar kuni: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar

Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining 10–11-sinf o‘quvchilari «Payshanba — rahbar va yoshlar uchrashuvi» hamda Ochiq eshiklar kuni munosabati bilan JDPU Jismoniy tarbiya va sport fakultetiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida bitiruvchi o‘quvchilar fakultetdagi ta’lim yo‘nalishlari, yaratilgan shart-sharoitlar hamda universitetda tahsil olish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda fakultet o‘rtasida memorandum imzolandi.

Hujjat doirasida talabalarni markazda amaliyot o‘tashga jalb etish, shuningdek, bitiruvchilarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.


Ulashish:
92
Boshqa rubrikalarda mashhur

Giyohvandlikka qarshi profilaktik uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti talabalari ishtirokida «Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish» oyligi doirasida profilaktik targ‘ibot...
Qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan respublika konferensiyasi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Qatag‘on qurbonlari: tarixiy haqiqat, milliy xotira va ma’naviy meros» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Ochiq eshiklar kuni: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar
Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining 10–11-sinf o‘quvchilari «Payshanba — rahbar va yoshlar uchrashuvi» hamda Ochiq eshiklar kuni munosabati bilan JDPU Jismoniy tarbiya...