Jizzax davlat pedagogika universitetida tyutorlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga qaratilgan mahorat darsi tashkil etildi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tajribali tyutori M. Qayumova tomonidan «Tyutorlik faoliyatida samarali muloqot, talabalar bilan individual ishlash mexanizmlari hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlar» mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.




Taqdimotda zamonaviy tyutorning vazifasi talabaning muammosini hal qilib berish emas, balki uning akademik, kasbiy va shaxsiy rivojlanishida hamkor bo‘lish ekani ta’kidlandi.




Talabani erta aniqlash va tashxis qilish, «Signal – sabab – ehtiyoj» modeli asosida ishlash, individual rivojlanish rejasini tuzish, turli toifadagi talabalar bilan ishlash hamda ota-ona, professor-o‘qituvchilar va dekanat bilan samarali hamkorlik qilish masalalari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tajriba almashib, tyutorlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr va takliflar bildirdilar.
