Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti (GDPI) hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali (TKTIYF) jamoalari ishtirokida munozara bellashuvi tashkil etildi.
Bellashuv davomida talabalar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyati, dalillar asosida o‘z pozitsiyasini himoya qilish va munozara olib borish mahoratini namoyon etdilar. Jarayon hakamlar tomonidan baholanib, jamoalarning chiqishlari belgilangan mezonlar asosida sarhisob qilindi.









Yakuniy natijalarga ko‘ra, GulDU jamoasi birinchi, JDPU jamoasi ikkinchi, JizPI jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.










Bunday intellektual bellashuvlar talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, tanqidiy fikrlash va notiqlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.












