Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/09/2025
Chop etish
“Har birimiz universitet rivoji uchun hissa qo‘shaylik”, — deydi universitet rektori Maqsudjon Yuldashev.

Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti madaniyat saroyida oliygoh rektori Maqsudjon Yuldashev tomonidan universitetni rivojlantirish konsepsiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda professor-o‘qituvchilar, fakultet dekanlari va bo‘lim boshliqlari ishtirok etdilar.

Taqdimot davomida rektor universitetning yaqin va uzoq istiqboldagi asosiy yo‘nalishlari, ustuvor vazifalari hamda amalga oshirilishi rejalashtirilgan islohotlar haqida atroflicha so‘z yuritdi.

Xususan, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada jadallashtirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, talabalar uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, infratuzilmani rivojlantirish kabi masalalar konsepsiyaning asosiy ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar ta’lim jarayonini takomillashtirish, sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, yoshlarni ilm-fan va innovatsiyaga jalb qilish yuzasidan o‘z taklif va fikr-mulohazalarini bayon etdilar.

Tadbirda, shu bilan birga, universitetga tayinlangan yangi prorektorlar ham e’lon qilindi.

Yig‘ilish yakunida rektor Maqsudjon Yuldashev barchani universitet taraqqiyoti yo‘lida birdek mas’uliyatli bo‘lishga, belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga chaqirar ekan, shunday dedi:

 

“Universitet kelajagi — bu jamoaviy mehnat samarasi. Har bir o‘qituvchi, har bir xodim o‘z hissasini qo‘shishi zarur. Birgalikda biz uni yangi marralarga olib chiqamiz.”


Ulashish:
3 361
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni va uning joriy holati muhokama qilindi.
Jizzax shahridagi 22 ta umumta’lim maktabi hamda «Best School» xususiy maktabida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni tashkil etildi.
Sejong universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.