Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/09/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Xavfsiz kibermakon” targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tashabbusi bilan talabalar ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mutaxassislar axborot texnologiyalari orqali sodir etilayotgan tur xil kiberjinoyatlar, ularning jamiyat salbiy ta’siri hamda ulardan himoyalanish usullari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlar, turli messenjerlar va internet resurslaridan foydalanishda shaxsiy asrash, firibgarlik va noqonuniy axborot tarqatilishining oldini olish har bir foydalanuvchidan ogohlikni talab etadi.

Yig‘ilish “Xavfsiz kibermakon” tezkor profilaktik targ‘ibot tadbirlari doirasida uyushtirilgan bo‘lib, unda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va foydali maslahatlar bilan boyishdi. Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, axborot makonida ehtiyotkorlik va mas’uliyatni kuchaytirishdan iborat.


Ulashish:
3 122
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.