Skip to main content

Горячая линия: +(99872) 226 68 10

Образовательная программа 3+1

Добро пожаловать за совместную образовательную программу с Белорусским государственным педагогическим университетом!

Конституция-наш основной закон!

8 декабря — День Конституции Республики Узбекистан

Ода, отражающая высокое чувство патриотизма!

10 декабря — День принятия Государственного Гимна Республики Узбекистан

Новый год – это возможность для новых целей!

С Новым 2024 годом!

Память священна, человеческое достоинство бесценно!

9 Мая - День памяти и почитания

ДжГПУ 50 лет!

С 50-летием Джизакского государственного педагогического университета!

Параметры приема

Hurmatli ikkinchi oliy ta’lim oluvchilar!

Jizzax davlat pedagogika universitetida 2023-2024 o‘quv yilida ikkinchi oliy ta’lim(ikkinchi mutaxassislik)ga qabul parametrlari:

Shifr Oliy ta’lim muassasasi, yo‘nalish/mutaxassisliklar nomi Ta’lim shakli Qabul parametrlari
Jami Shartnoma
Bakalvriat, ikkinchi ta’lim shakli
60110600 Matematika va informatika Kunduzgi 50 50
60110700 Fizika va astronomiya Kunduzgi 25 25
60110800 Kimyo Kunduzgi 25 25
60110900 Biologiya Kunduzgi 25 25
60111000 Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari Kunduzgi 25 25
60111100 Tarix Sirtqi 50 50
60111200 Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi Sirtqi 25 25
60110100 Pedagogika va psixologiya Sirtqi 50 50
60111300 Musiqa ta’limi Sirtqi 25 25
60111400 O’zbek tili va adabiyoti Kunduzgi 50 50
60111500 Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti Kunduzgi 25 25
60111800 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili Kunduzgi 25 25
60210500 Boshlang‘ich ta’lim Sirtqi 300 300
60110200 Maktabgacha ta’lim Sirtqi 50 50
60110400 Maxsus pedagogika: logopediya Kunduzgi 50 50
60110400 Maxsus pedagogika: surdopedagogika Kunduzgi 50 50
60112200 Jismoniy madaniyat Sirtqi 75 75
60112300 Texnologik ta’lim Sirtqi 25 25
60111700 O’zga tilli guruhlarda rus tili Kunduzi 25 25
Ikkinchi oliy ta’limga kirish imtixon oflayn tarzda og’zaki shaklda o‘tkaziladi. Kirish imtixoni 2023 yil __ avgust kunlari Jizzax davlat pedagogika universtiteting bosh binosida o’tkaziladi. Kirish imtixoni abituriyentlarning pedagogik sohaga layoqati va bilimini aniqlashtirishga qaratilgan “Umumiy pedagogika” fanidan o‘tkaziladi. Imtixonda tarkibida 5 ta savoldan iborat biletlar shakllantirilishi, har bir savol 20 balldan, jami 100 ballik tizimda baholanishi, 55 balldan yuqori to‘plagan abituriyentlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi oliy ta’limga qabul qilinadi. Ikkinchi oliy ta’limga qabul qilinganlar 2-kursdan boshlab, o‘zlari tanlagan yo‘nalish bo‘yicha o‘qishni davom ettiradi. Ikkinchi oliy ta’lim uchun to‘lov-kontrakt miqdori bir talabani o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar miqdoridan kelib chiqib, amaldagi ikkinchi oliy ta’lim uchun belgilangan to‘lov-shartnomasi miqdori bilan bir xil miqdorda etib belgilandi.

Ikkinchi oliy ta’limga kiruvchilar uchun “Umumiy pedagogika” fanidan savollarning asosiy yo‘nalishlari

Pedagogikaning asosiy kategoriya va tushunchalari. O’qituvchi shaxsiga qo‘yilgan talablar. Shaxs haqida tushuncha. Shaxs rivojlanishi. Shaxs rivojlanishining omillari. Bola shaxsi tarbiya ob’ekti va sub’ekti sifatida. Shaxs faolligi. Pedagogik tizimlar va ularning shakllari haqida tushuncha. Yaxlit pedagogik jarayonning mohiyati. Didaktikaning maqsad va vazifalari. Ta’lim jarayoni mohiyati. O’qitish va o‘rganish jarayonlari tavsifi, o‘quv jarayonida ularning o‘zaro bog‘liqligi. O’quvchilarning bilish faoliyati. Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari. Ta’lim metodlari samaradorligini oshirish yo‘llari.  Ta’limni tashkil qilishning an’anaviy sinf-dars shakli. Dars turlari va tuzilishi. Ta’limni tashkil qilishning noan’anaviy shakllari: o‘quv dialogi, munozara, didaktik o‘yinlar, trening va boshq. O’quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari. Ta’lim olganlikni natijalarini tekshirish va baholash tamoyillari. Bilim, ko‘nikma va malakalarning baholash mezonlari. O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi siyosati. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari. Uchinchi Renessansning to‘rtta ustuni. Uzluksiz ta’lim mohiyati. Maktabgacha ta’lim. Umumta’lim maktablari. Oliy ta’lim. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim. Pedagogik avtoritet  ta’lim tizimini boshqarishda va bu jarayondagi shaxslararo munosabatlarda samarali mexanizm ekanligi. O’qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar. Ta’limni insonparvarlashtirish.  Ta’limni demokratlashtirish mohiyati. Uzluksiz ta’lim ahamiyati. Hozirgi kunda pedagogikaning asosiy muammolari. Pedagogik jarayonda integratsiya. Ta’lim va tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, birligi. Pedagogik jarayon mohiyati. Ta’lim prinsiplari. Ta’lim metodlari, texnologiyalari. Ta’lim turlari va bosqichlari. Jamoada, oiladagi tarbiya hamda o‘z-o‘zini tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari. O’quv-me’yoriy hujjatlar. Pedagog kasbining o‘ziga xos xususiyatlari. Pedagogning kommunikativ qobiliyati, uning vositalari. Tarbiya jarayonining mohiyati va ahamiyati. Jamoa tushunchasi. Bolalar jamoasining shakllantirishning mohiyati. Bolalar jamoasi rivojining asosiy shart-sharoitlari. Tarbiya metodlari mohiyati. Pedagogik rag‘batlantirish metodlari va xulq-atvorni tuzatish. Tarbiyada nazorat, o‘z-o‘zini baholash va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari.  Mustaqil fikrlash o‘quv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari. Aqliy tarbiya. Aqliy tarbiyaning maqsadi va mazmuni. Bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish aqliy tarbiyaning asosi. O’quvchilarga fuqarolik tarbiyasini berish jarayonida Davlat ramzlari (madhiya, gerb, bayroq)dan foydalanish. Vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasi. Huquqiy tarbiya. Yosh avlodning huquqiy madaniyati va ongini shakllantirish – fuqarolik tarbiyasining tarkibiy qismi. Mehnat tarbiyasi maqsad va vazifalari. Axloqiy tarbiyaning mohiyati va mazmuni. Oilaviy hayotga axloqiy tayyorgarlik. Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari. Ekologik tarbiyaning mohiyati va mazmuni. Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Nizolar haqida tushuncha. Nizolarning shaxslararo ta’lim-tarbiya jarayonida kelib chiqish shart-sharoitlari. Samarali muloqot o‘rnatishni bilish – nizolarni oldini oluvchi omil sifatida. Rahbarlik va liderlik tushunchasi, ular o‘rtasidagi farqlar. Ta’lim jarayonida nizolar sabablari. Ta’lim jarayonida nizolarni hal qilish usullari. Ta’lim jarayonida nizolarning oldini olish yo‘llari. Ichki madaniyat mazmuni. Muloqot madaniyati insondan boshqa insonga nisbatan har doim bir tekis munosabat ko‘rsatilishini talab etadi. Muloqot madaniyati insondan o‘z utsida muntazam ish olib borishni talab etishi va muloqot madaniyati o‘z-o‘zidan vujudga kelib qolmasligi haqida ma’lumot berish. O’qituvchining umumiy madaniy saviyasi. O’qituvchilik qobiliyati. O’qituvchilikkasbiy mahorati haqida tushuncha. Pedagogik mahorat mohiyati. O’qituvchi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari. Pedagogik bilimlar. Pedagogik zakovat. Pedagogik qobiliyat. Pedagogik texnika. Qobiliyatning psixologik-pedagogik tavsifi. O’qituvchi irodasi, sabr-toqati, maqsadga intilishi, o‘z hatti-harakatlarining to‘g‘riligiga nisbatan qat’iy ishonchi, uning o‘z-o‘zini idora qilish hamda boshqalarga ta’sir o‘tkaza olish qobiliyati, his-tuyg‘ulari va kayfiyatini boshqara olishi, o‘z zimmasiga javobgarlikni ola bilishi, ijodiy holatni tashkil eta olishi kabi sifatlari. Muloqot orqali ta’sir etish. Muloqotga kirishish. Aloqa o‘rnatish (kommunikatsiya) tushunchasi, uning mohiyati, pedagogik ta’sir etish usullari. O’qituvchi tomonidan muloqotga kirishish jarayonida qo‘llaniladigan muomala uslublari. O’qituvchining kommunikativ ko‘nikmasi: “Yuzni o‘qish san’ati”, o‘zgalar holatini tushuna olish, o‘zini namoyon qila bilish, nutq vositasi hamda so‘zsiz holatda inson ruhiyatini tushuna olish. O’qituvchi tomonidan o‘quvchi bilan muloqotda bo‘lish jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullari: ishontirish va ma’qullash. Ishontirishning og‘zaki shakllari: ogohlantiruvchi so‘zlar, tezlik bilan ta’sir etish, ijro etishga undovchi buyruqlar, ta’qiqlangan iboralar, hazil orqali anglatish, ma’qullash yoki ayblash. Pedagogik muloqotni tashkil etish madaniyati. Pedagogik muloqotni tashkil etish bosqichlari va usullari. O’quv-tarbiya jarayonida pedagogik muloqot jarayonini boshqarish uslublari. Muloqot jarayonida tashabbusni boshqarish. Dars hamda darsdan tashqari jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqot, unga qo‘yiladigan talablar. O’quvchilar jamoasida ularning e’tiborlarini jalb etish va ijodiy kayfiyatlarini yaratishda o‘qituvchi muloqotining ta’siri va uning ahamiyati, o‘quvchi bilan bo‘lgan muloqot jarayonida o‘qituvchi tomonidan ishontirish va ta’sir etish usullaridan foydalanish. Muloqot jarayonini boshqarish uslublari. O’qituvchi obro‘‘si. Avtoritar uslubdagi muloqot. Liberal uslubning o‘qituvchi faoliyatida namoyon bo‘lish xususiyatlari. O’qituvchining demokratik uslubdagi muloqoti – o‘quvchilar fikriga tayanish, ushbu fikrlarni ma’qullash shakli.