Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/09/2025
Chop etish
“Sog‘lom inson – sog‘lom millat” shiori ostida futbol musobaqasi start oldi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlab “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” shiori ostida futbol musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada jami 12 ta jamoa ishtirok etib, ular 2 ta guruhga bo‘lingan holda o‘zaro kuch sinashadi. Bellashuvlar 17 sentyabrdan start olib, 25 sentyabrga qadar davom etadi.

Tadbirda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti dekani Furqat Ahmedov hamda Yoshlar masalalari,ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori F.Aqchayev ham ishtirok etishdi. Jarayonda musobaqaning bosh hakamligi vazifasi ular zimmasiga yuklatildi.

 

Ushbu musobaqa universitet jamoasi a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, do‘stona muhitni mustahkamlash va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.


Ulashish:
1 949
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.