Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Axborot resurs markazi yangiliklari
Axborot resurs markazi yangiliklari
|
07/11/2019
Chop etish
ARM yangiliklari

Institut  axborot-resurs markazida 6 noyabr kuni  buyuk davlat arbobi, yozuvchi Sh.Rashidov tavalludi munosabati bilan “Elning suyukli farzandi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining o‘qituvchi – talabalari ishtirok etdilar. Davra suhbatida Badiiy adabiyotlar bo‘limi xodimasi  Sh. Rashidova atoqli adib Sh. Rashidovning hayoti va faoliyati to‘g‘risida ishtirokchilarga ma’lumot berdi. O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining katta o‘qituvchisi L. Ibragimova so‘zga chiqib, “Darhaqiqat bugungi kunda Sharof Rashidov nomi va ruhi   barhayotdir. Uning asarlari yangi yosh avlodning shuuridan o‘ziga munosib joy olmoqda, qalbiga zavq-shavq ulashmoqda.”-deya ta’kidladi.

      Shundan so‘ng, ARM bibliografi D. Dadasheva ishtirokchilarga “Elning suyukli farzandi” nomli adabiyotlar ko‘rgazmasini qisqacha sharhlab berdi.  Tadbirda 27 ta ishtirokchi qatnashdi.


Ulashish:
1 957
Boshqa rubrikalarda mashhur

Giyohvandlikka qarshi kurash — umumxalq vazifasi.
JDPU madaniyat saroyida Ogog‘lik ma’sulliyat barqarorlik asosi mavzusida profilaktik tadbiri tashkil etildi.
Rivojlangan davlatlar boshlang‘ich ta’lim tizimi bo‘yicha qo‘shma onlayn dars o‘tkazildi.
JDPU Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi dotsenti D. Farsaxonova va o‘qituvchi N. Quvonova tomonidan 1-bosqich magistrantlari ishtirokida Turkiyaning Karamanog‘li Mehmetbey universiteti dotsenti Özlem Yılmaz Demirel hamda...
Imom Buxoriy majmuasiga ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar tashkil etilmoqda.
Universitet rahbariyati hamda kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun Imom Buxoriy majmuasiga ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar yo‘lga qo‘yildi.