Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/08/2026
Chop etish
JDPUda «Rahbar faoliyati va mahorati» seminar-treninglari davom etmoqda

Jizzax davlat pedagogika universitetida 18–21-avgust kunlari o‘tkazilayotgan «Rahbar faoliyati va mahorati» mavzusidagi seminar-treninglar doirasidagi bugungi uchrashuvlar kun davomida Tabiiy fanlar oliy maktabi, Ijtimoiy fanlar oliy maktabi hamda Tibbiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida tashkil etildi.

Muloqotlarda JDPU rektori, professor Maksudjon Yuldashev tomonidan 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik, ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy va ilmiy salohiyatini yuksaltirish hamda universitetning xalqaro reytinglardagi mavqeini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy va raqamli texnologiyalarni joriy etish, ilmiy nashrlar va iqtiboslar sonini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Seminar-trening davomida ishtirokchilar rahbarlik faoliyatida zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash, jamoada sog‘lom ishchan muhitni shakllantirish, samarali qarorlar qabul qilish va yuzaga keladigan muammolarga tizimli yondashish bo‘yicha fikr va tajriba almashdilar.

Mashg‘ulotlarni Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” tarmoq markazi katta o‘qituvchisi Ishmuhamedov Ravshan Jo‘rayevich olib bordi.


Ulashish:
15
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda «Rahbar faoliyati va mahorati» seminar-treninglari davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 18–21-avgust kunlari o‘tkazilayotgan «Rahbar faoliyati va mahorati» mavzusidagi seminar-treninglar doirasidagi bugungi uchrashuvlar kun davomida Tabiiy fanlar oliy maktabi, Ijtimoiy fanlar oliy...
JDPUda «Rahbar faoliyati va mahorati» mavzusida seminar-treninglar mashg‘ulotlariga start berildi.
Seminarda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” tarmoq markazining katta o‘qituvchisi Ishmuhamedov Ravshan Jo‘rayevich «Rahbar...
“Kelajakka qadam” — yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari yo‘l!
“Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoshlar va bitiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirish hamda yangi kasblarni egallashiga ko‘maklashish uchun moliyaviy imkoniyatlar taqdim etilmoqda