Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/08/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Pedagog» talaba sport klubining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Konferensiyada sport klubining amalga oshirgan ishlari, erishilgan natijalari hamda kelgusidagi vazifalari muhokama qilinib, klub raisi o‘rinbosari Hoshim Komilovning hisoboti tinglandi.

Shuningdek, universitetda 52-yil davomida samarali faoliyat yuritgan Hoshim Komilovning mehnatlari alohida e’tirof etildi. Universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Universitet rektori Maqsudjon Yuldashev jamoa nomidan tashakkurnoma bildirilib, uning universitet va sport sohasidagi ko‘p yillik faoliyati hamda erishilgan yutuqlariga yuksak baho berildi.

Konferensiya ishtirokchilari tomonidan Jizzax davlat pedagogika universiteti «Pedagog» talaba sport klubi raisi etib universitet rektori Yuldashev Maqsudjon Abdullayevich, rais o‘rinbosari etib esa Rajabov Dilmurod Elmurodovich saylandi. Yig‘ilish davomida sport klubining ishchi guruhi tarkibi, sport klubining nazorat-taftish komissiyasi raisi va a’zolari saylandi, fakultetlardagi «Pedagog» talaba sport klubining boshlang‘ich tashkilotlari raislari saylanib, tasdiqlandi.

Konferensiya yakunida talaba yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va sport klubi faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.


Ulashish:
1 004
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.