Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/11/2026
Çop etiş
Uç avlod uçraşuvi: qadriyatlar davomiyligi va avlodlar muloqoti

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Nuroniy” jamoatçilik kengaşi, Jizzax viloyati va şahar Nuroniylar kengaşlari hamda Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabi hamkorligida “Uç avlod uçraşuvi” tadbiri taşkil etildi.

Tadbirda Jizzax viloyati va şahar Nuroniylar kengaşi vakillari, professor-öqituvçilar, nuroniylar hamda talabalar iştirok etdi.

Uçraşuvda “Keça, bugun va ertangi yoşlar istiqboli”, “Uç avlod — bir maqsad, bir yölda”, “Yangi Özbekiston yoşlari”, “Ustozlar ibrati — yoşlar kelajagi” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Nuroniylar hayotiy tajribalari, yoşlarga nasihatlari va ezgu tilaklari bilan örtoqlaşdi.

Muloqot davomida avlodlar örtasidagi hamjihatlik, milliy qadriyatlar davomiyligi, yoşlar tarbiyasi va mamlakatimizda keksa avlod vakillariga körsatilayotgan e’tibor haqida fikr almaşildi.

Tadbir savol-javoblar, munozaralar va faol iştirokçilarni rağbatlantiriş bilan davom etdi. “Musiqa ta’limi” kafedrasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi uçraşuvga kötarinki ruh bağişladi. Uçraşuv yakunida iştirokçilar universitet huzuridagi Qatağon qurbonlari muzeyiga taşrif buyurib, tarixiy eksponatlar bilan tanişdilar.


Ulaşiş:
181
Boşqa rubrikalarda maşhur

“Origami muhandisligi” mahorat darsi taşkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti, AQŞ elçixonasi va Amerika Kengaşlari hamkorligida faoliyat yuritayotgan “Jizzakh Alumni Community” (Jizzax bitiruvçilari jamiyati) doirasida “Origami muhandisligi” mavzusida mahorat darsi taşkil...
“Ruhiyatga nur, qalblarga mehr” -psixologiya bilimdonlari bellaşuvi
22-noyabr — Xalqaro psixologlar kuni munosabati bilan Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetida “Ru hiyatga nur, qalblarga mehr” nomli...
Uç avlod uçraşuvi: qadriyatlar davomiyligi va avlodlar muloqoti
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Nuroniy” jamoatçilik kengaşi, Jizzax viloyati va şahar Nuroniylar kengaşlari hamda Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabi hamkorligida “Uç avlod uçraşuvi” tadbiri taşkil...