Jizzax davlat pedagogika universitetida Nuroniylar kengaşi va Magistratura bölimi hamkorligida «Ma’rifatparvar ayollar hayoti — yoş avlod uçun ibrat va ilhom manbai» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati taşkil etildi.
Uçraşuvda universitetning faxriy ustozlari, olima ayollar — Faniya Avzalovna Ahmedşina va Raya Röziyevna Nurqulova, şuningdek, magistrantlar iştirok etdi.

Suhbat davomida ustozlarning hayot yöli, ilmiy-pedagogik faoliyati, ta’lim va ma’rifat rivojiga qöşgan hissasi haqida söz yuritildi. Faxriy ustozlar öz tajribalari bilan örtoqlaşib, yoşlarga kasbiy kamolot, ilmga intiliş va hayotda munosib örin topiş borasida tavsiyalar berdilar.


Magistrantlar ustozlarga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularning hayotiy va kasbiy tajribalari, ibratli hikoyalarini maroq bilan tingladilar.

Mazkur uçraşuv keksalarni qadrlaş, faxriy ustozlarga hurmat-ehtirom körsatiş, ularning boy tajribasini yoş avlodga yetkaziş hamda magistrantlarda ilm-ma’rifatga intiliş va ustozlardan ibrat oliş tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qildi.
