Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/08/2026
Chop etish
Jizzaxda Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni va uning joriy holati muhokama qilindi.

Jizzax shahridagi 22 ta umumta’lim maktabi hamda «Best School» xususiy maktabida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni tashkil etildi.

Ushbu jarayon doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi mas’ul xodimlari, shuningdek, Jizzax viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlarining mas’ul rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

So‘rovnoma davomida ish beruvchilarning bitiruvchilar bilimi, kasbiy va amaliy ko‘nikmalari hamda kompetensiyalariga bergan bahosi o‘rganildi. Shuningdek, kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirish va ta’lim jarayonini mehnat bozori talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi. Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasi 15-avgustga qadar davom etadi. So‘rovnoma natijalari ta’lim sifatini takomillashtirish, bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish hamda ish beruvchilar ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Hurmatli ish beruvchilar! So‘rovnomada faol ishtirok etib, xolis fikringizni bildiring. Sizning fikringiz — sifatli ta’lim va raqobatbardosh kadrlar garovi!


Ulashish:
1 014
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.