Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/08/2026
Chop etish
Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi

Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.

Jonli efirda Xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, qabul bo‘yicha mas’ul Javohir Turkboyev, qabul bo‘yicha mas’ul kotib Diyor Tursunov hamda Talabalar turar joylari masalalari bo‘yicha Call-markaz mas’uli Ibrohim Abduvaliyev ishtirok etdi.

Suhbat davomida qo‘shma ta’lim dasturlarining afzalliklari va imkoniyatlari, ta’lim jarayoni va darslar tashkil etiladigan binolar, xorijiy diplomning imkoniyatlari, o‘qish bilan bir vaqtda mehnat faoliyatini olib borish, kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish tartibi hamda o‘qish davomida til sertifikatiga qo‘yiladigan talablar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, super-kontrakt, talabalarni TTJga joylashtirish va boshqa qabul jarayonlariga oid savollarga ham mutaxassislar tomonidan javob qaytarildi. Ovozli chatda 100 ga yaqin ishtirokchi qatnashib, onlayn bot orqali kelib tushgan savollar ham jonli efir davomida ko‘rib chiqildi.


Ulashish:
771
Boshqa rubrikalarda mashhur

Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetida kurs vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogikauniversiteti  Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetida har bir kurs vakillaridan iborat “kurs qo‘mitalari” faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi.
JDPUda «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash: global chaqiriqlar va milliy yechimlar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Universitetning Ijtimoiy fanlar pedagogika oliy maktabi, Ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi hamda hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni...
JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...