Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/08/2026
Chop etish
JDPUda talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

Yangi 2026/2027 o‘quv yili oldidan Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar turar joylari, ijara xonadonlari hamda abituriyentlarni joylashtirish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

Ayni paytda universitet tasarrufida 5 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, ularning umumiy sig‘imi 2 016 o‘rinni tashkil etadi. Shuningdek, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida universitetga yaqin hududlardan qariyb 500 ta ijara xonadoni o‘rganilib, ro‘yxatga olindi. Mazkur xonadonlar orqali 3 500 nafargacha talabani ijara asosida joylashtirish imkoniyati yaratilgan.

Abituriyentlar va talabalarni joylashtirish jarayonlarini tezkor muvofiqlashtirish maqsadida universitetda Ma’lumotlar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Markazda 51 nafar tyutor navbatchiligi tashkil etilgan bo‘lib, yangi o‘quv yilida birinchi kursga tavsiya etilgan abituriyentlarga hujjatlarni rasmiylashtirish va turar joy masalalarida amaliy ko‘mak ko‘rsatish uchun 25 nafarga yaqin tyutor biriktirilishi rejalashtirilgan.

Mazkur tizim orqali talabalar va abituriyentlarni qulay, xavfsiz hamda universitetga yaqin turar joylar bilan ta’minlash, joylashtirish jarayonlarini tizimli va shaffof tashkil etish ko‘zda tutilgan.


Ulashish:
1 075
Boshqa rubrikalarda mashhur

Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetida kurs vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogikauniversiteti  Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetida har bir kurs vakillaridan iborat “kurs qo‘mitalari” faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi.
JDPUda «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash: global chaqiriqlar va milliy yechimlar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Universitetning Ijtimoiy fanlar pedagogika oliy maktabi, Ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi hamda hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni...
JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...