Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/08/2026
Chop etish
JDPUda «Rahbar faoliyati va mahorati» mavzusida seminar-treninglar mashg‘ulotlariga start berildi.

Seminarda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” tarmoq markazining katta o‘qituvchisi Ishmuhamedov Ravshan Jo‘rayevich «Rahbar faoliyati va mahorati» mavzusida ma’ruza qildi.

Mashg‘ulot davomida zamonaviy rahbarlik tamoyillari, jamoani samarali boshqarish, rahbarlik mahorati va samarali muloqot ko‘nikmalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Seminar-treninglar 21-avgustga qadar davom etadi. Unda universitetning oliy maktab va fakultet jamoalari bosqichma-bosqich ishtirok etadi.


Ulashish:
860
Boshqa rubrikalarda mashhur

Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetida kurs vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogikauniversiteti  Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetida har bir kurs vakillaridan iborat “kurs qo‘mitalari” faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi.
JDPUda «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash: global chaqiriqlar va milliy yechimlar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Universitetning Ijtimoiy fanlar pedagogika oliy maktabi, Ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi hamda hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni...
JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...