METHODOLOGY OF TEACHING THE LAWS AND RULES OF DRAWING A HUMAN PORTRAIT TO HIGHER EDUCATION STUDENTS
Xudoynazarova O‘g‘iloy Sharifovna –A.Qodiriy nomidagi JDPI Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi o‘qituvchisi. Jizzax, O‘zbekiston . e-mail: xudoynazarova@gmail.com
Azamatova Farida Qilichbek qizi– A.Qodiriy nomidagi JDPI Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi talabasi Jizzax, O‘zbekiston . e-mail: faridaazamatova0@gmail.com
Annotatsiya: Maqolada oliy o‘quv yurti talabalariga inson portretini chizish va qonun-qoidalarini o‘rgatish, portret chizish qonun-qoidalari,etuk rassomlarning yaratgan portret asarlari haqida hamda talabalar bilimini nazorat qilish uchun tuzilgan darajali test namunalari keltirilgan.
Kalit so‘zlar: portret ta’lim, perispektiv, vertikal, romantik, byust ,guruxli portre ,interer, plastik anatomiya
Annotatsiya: V state predstavlenы metodika obucheniya risovaniyu portreta cheloveka i yego pravila dlya studentov vuzov, pravila risovaniya portreta, portretnыe rabotы, sozdannыe zrelыmi xudojnikami, a takje primerы otsenochnыx testov, prednaznachennыx dlya kontrolya znaniy studentov.
Klyuchevыe slova: portretnoe obrazovanie, perispektiva, vertikal, romantika, byust, gruppovoy portret, interer, plasticheskaya anatomiya.
Annotation: The article presents the teaching of human portrait drawing and its rules to university students, the rules of portrait drawing, the portrait works created by mature artists, and examples of graded tests designed to control students’ knowledge.
Key words: portrait education, perispective, vertical, romantic, bust, group portrait, interior, plastic anatomy
Portret – inson obrazini tasviriy san’atda yaratishda eng murakkab janr hisoblanadi. Ma’lumki har bir davrning usta rassomlari bo‘lgan. Ular portret asarlarida zamondoshlarining go‘zal qiyofasii obrazlarini yaratib, keyingi avlodlarga meros qilib qoldirgan. Uyg‘onish davrining buyuk nomoyondasi Lenardo da Vinchining «Avtoportret», «Djakonda» asari, Velaskesning «Papa Inokentiy X» portreti, shular jumlasidandir. XVII asr Yevropa rassomlari ichida portret janrida ijod qilgan tasviriy san’atning buyuk darg‘alari yetishib chiqdi.
Yevropa muzeylarida Golbeyn, Rembrant, Titsian, Rafael, Batichelli kabi zabardast tasviriy san’at ustalarining yaratgan noyob asarlari saqlanmoqda. Hamma ulug‘lar kabi Rembrant ham ijod sohasida mehnatkash, serunum edi. Faqat Avtoportretlarining o‘zi 60 tadan ortiq edi. Odam yuz qiyofasining tuzilishi, tasvir vositasi soya yorug‘larning joylashishi orqali psixologik holatini chuqur o‘rganishni asosiy vazifa deb bilardi.
XX asrning ikkinchi yarmida o‘zbek portret san’ati yuksalib rivojlandi. Portret sohasida Lutfulla Abdullaev, Abdulxaq Abdullaev, Raxim Axmedov, Malik Nabievlar samarali ijod qilib kelmoqdalar. Lutfulla Abdullaevning «Mulla to‘ychi Toshmuxamedov», «Yo‘ldosh Oxunboboev» portretlari realistik ananalarda mohirona tasvirlangan.
Abdulxaq Abdullaev birinchi o‘zbek portretchi rassomlardan biri bo‘lib, portret sohasida salmoqli ijod qildi. U o‘z zamondoshlari, ziyolilarni, olimlarni adabiyot va san’at namoyondalarini portret gallereyasini yaratib katta muvafaqqiyatlarga erishdi. «Abror Xidoyatov Otello rolida», yozuvchi «Oybek» portreti muallifining shoh asarlaridan bo‘lib, Otelloni o‘ychan boqishi, gavda xarakati portretga romantik ko‘tarinkilik ruxini baxsh etgan.
Inson va uning bepayon ichki dunyosi hamisha rassomlarning asosiy diqqat-yetibori va izlanishi uchun asosiy mavzu bo‘lib kelgan. Darhaqiqat shunday ekan, insonlar obraziga qaratilgan portret san’atini bo‘lajak rassom-pedagoglar har jixatdan bilishi nihoyatda muhimdir. Portretchi rassom odamlarga xos turli jihatlarni his qila bilmog‘i, ayniqsa odamning qiyofasidagi samimiylik yoki soxta jihatlarni tasvirlay bilish qobiliyatlariga ega bo‘lishi kerak.
Amaliy mashg‘ullotlar jarayonida talabalar portret ishlashda ko‘plab muammolarga duch keladi. Masalan, talaba qiyofachini chizishdan avval uni sinchikovlik bilan o‘rganib chiqmaydi, perispektiv qonun-qoidalarga, o‘zaro nisbatlarni to‘g‘ri topa olmasligi, ichki konsturuktiv chiziqlar, plastik anatomiyasini topaolmaslik va shu kabi muammolar sababli portret o‘ziga o‘xshamaydi. Bu esa talabani potret chizishga o‘zida qo‘rquv hissi tug‘iladi. San’atkorning mashaqqatli mehnati o‘ta kuzatuvchanlik, nozik va qaltis damlarni ilg‘ay bilish qobiliyati shu jihatlarni o‘z qalami bilan tasvirlay olishi orqasida yuzaga chiqadi. Tasviriy san’atning portret janri san’atida ijod qilish bo‘yicha bosqichlarini ko‘rsatib o‘tamiz:
Portret chizishda birinchi bosqichda bajarilishi kerak bo‘lgan topshiriqlar
1) Format tanlash.
2) Kompozitsion joylashtirish.
3) Chiziqli konsruktiv qurish.
4) Ishni rangga tayyorlash
Dastlab qiyofachiga mos bo‘lgan format tanlanadi. Portret qanday holatda ishlashiga qarab (elkagacha, belgacha, qo‘llari bilan yoki boshdan oyoq, o‘tirgani, turgani va shunga o‘xshash holatlarini hisobga olgan holda) format tanlanadi. Agar portret boshdan oyoq ishlanishi kerak bo‘lsa, formatning vertikaliga uzunroq bo‘lgani tanlanadi.
Portretni formatga joylashtirishda, agar qiyofachi to‘g‘ri qarab turgan bo‘lsa, o‘ng va chap tomondan bir xil , yuqoridan pastgi tomonga qaraganda ko‘proq joy qoldiriladi. qiyofachi qaysi tomonga qarab turgan bo‘lsa, shu tomonda ko‘proq joy qoladi.
Konstruktiv qurish. Inson qiyofasi plastik anatomiya qoidalarini o‘rganish asosida quriladi. Inson ichki tuzilishini bilish va portretni qurish davomida garchand u ko‘rinmasada, buni his qila olish orqali tasvirlash. Dastlab inson qiyofasining holati engil konstruktiv chiziqlar bilan belgilab olish. Gavda qismlarining o‘zaro mutanosibligini to‘g‘ri topish. Tayanch nuqtasini, og‘irlik markazini topish. Bosh, gavda qismlarining holatini to‘g‘irlash. Yuz a’zolarini (ko‘z, burun, lab, quloq,) o‘ziga xos harakterli jihatlarini topib chizish. Ortiqcha chiziqlarni o‘chirish.
Portret chizishda ikkinchi bosqichda bajarilishi kerak bo‘lgan topshiriqlar
1) qiyofachining rangini o‘rganib chiqish
2) palitraga ranglarni qo‘yib chiqish
3) rangda chiziqlar ustidan chizib chiqish(moybo‘yoqda ishlaganda)
4) qiyofachining soya tomonlarini belgilab olish
5) katta-katta asosiy rang tuslarini belgilab olish
6) umumiy rangini topish
7) qiyofachining rangi o‘rganib chiqiladi.
Portret chizishda uchinchi bosqichda bajarilishi kerak bo‘lgan topshiriqlar
1) Moybo‘yoq texnikasiga amal qilgan holda yanada aniqlashtirish
2) Yorug‘, soyani to‘g‘ri aniqlash
3) Qifachining o‘ziga qarab uning surati solishtiriladi
4) Yuz a’zolari (ko‘z, quloq, burin, lab) sinchikovlik, e’tibor bilan ishlash
5) Yorug‘ tomonlariga ishlov berish
6) Rang berish barobarida, qiyofachining holati, harakterli jixatlarini esdan chiqarmay to‘g‘irlab borish.
7) qiyofachining umumiy xolatini yo‘qotmasdan rang berishda davom etish
Portret chizishda to‘rtinchi bosqichda bajarilishi kerak bo‘lgan topshiriqlar
Ishning yakunlovchi qismi:
Ishning yakunlovchi bosqichida, nihoyatda extiyotkorlik bilan ishlash zarur.
Umumlashtirish: umumiy ko‘rinishdagi ranglar uyg‘unligini saqlagan holda, ishdagi bo‘yoqlar bo‘rtib chiqib qolgan ranglarni xiralashtirish, kerakli joylarda yorqin ranglar surtmalarini qo‘yish.
Portret mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi; kalla portreti, ko‘krak qiyofali portret (byust), yarim gavda portret, butun gavda qiyofasi portreti, portret kartina, guruxli portret, miniatyura portreti va xakozo. Portret kompozitsiyaning tuzilishida insoning tashqi va ichki qiyofasi, uning ruhiyati, shuningdek qo‘li, o‘tirish holati, liboslari, intererdagi predmetlar asosiy vosita sifatida muhim rol o‘ynaydi.
Har bir rassom portret yaratishda o‘z tajribasi, usuliga tayanadi. Bunga har xil kutilmagan holatda, rang va texnikada bajarilgan portretlar dalil bo‘la oladi. Bahodir Jalolovning kinorejissyor «Komil Yormatov» portreti shu fikrimizni tasdiqlaydi. Shuning uchun portret yaratishda yoshlar ulug‘ portret ustalari tajribasini o‘rganib ulardan unumli foydalanishlari lozim. Portretchi rassom avval tasvirlanuvchi bilan chuqurroq tanishib, bir muncha davrda uni kuzatib, suhbatlashib, uni asosiy xarakteri, xususiyatlarini, ichki va tashqi dunyosini yaxshi o‘rganishi kerak.
Talabalar bilimini nazorat qilish uchun tuzilgan darajali test namunalari
- Tasviriy san’at janrlarini aniqlang va jadvalga har bir rasm ostiga mos raqamlarni yozing.
1)portret; 2) natyurmort; 3) manzara; 4) marina; 5) botal; 6)tarixiy; 7) animalistik
Rasmli va ko‘p javobli nostandart test javobi quyidagicha bo‘ladi.
1-C |
2-G |
3-B |
4-D |
5-F |
6-Ye |
7-A |
- Ushbu rasmlar qanday tasviriy san’at ashyolaridan foydalanib ishlanganligini aniqlang va jadvalga har bir ashyo ostiga mos raqamni qo‘ying.
1)akvarel bo‘yog‘ida; 2) moybo‘yoqda; 3) ko‘mirqalamda; 4) oddiy qora qalamda 5)pastelda;
Javobi: 1-C 2-B, 3-A, 4-Ye, 5-D
- Rasmda berilgan tuslanish qonun-qoidalarini aniqlab, mos raqamlarni yozing.
|
yarim soya |
1 |
Shaxsiy soya |
2 |
Tushuvchi soya |
4 |
Yorug‘ |
6 |
Shula |
5 |
|
Yaltiroqlik |
7 |
Javobi:
|
yarim soya |
3 |
Shaxsiy soya |
4 |
Tushuvchi soya |
5 |
Yorug‘ |
1 |
Shula |
6 |
|
Yaltiroqlik |
2 |
- Portret ishlash bosqichi ketma-ketligini mos raqamlarini yozing.
|
Portret ishlash boskichlari |
Raqamlar |
· umumlashtirish |
|
· rangda ishlov berish |
|
· joylashtirish |
|
· shakl nisbatlarini topish |
|
· yakunlash |
|
|
· Soya-yorug‘ rangini topish |
|
Javobi:
|
Portret ishlash boskichlari |
Raqamlar |
umumlashtirish |
4 |
rangda ishlov berishda aniqlashtirish |
5 |
joylashtirish |
1 |
shakl nisbatlarini topish |
2 |
Yakunlash |
6 |
|
Soya-yorug‘ rangini topish |
3 |
- 5. Asarlar nomini aniqlang va mos raqamlarni yozing
1
|
2
|
3
|
Asar nomi |
Raqamlar |
|
“Dugonalar” |
|
|
“Nodirabegim” |
|
|
M.Nabiev |
|
|
4 |
5 |
6 |
|
qo‘shiq |
|
|
Ermolova portreti
|
|
|
Javobi:
1
|
2
|
3
|
Asar nomi |
Raqamlar |
|
“Dugonalar” |
2 |
|
“Nodirabegim” |
1 |
|
M.Nabiev |
4 |
|
4 |
5 |
6 |
|
qo‘shiq |
5 |
|
Ermolova portreti
|
6 |
|
Demak, shuni xulosa qilamizki, talabalar portret chizishda qiyinalmasliklari uchun yuqorida keltirilgan portrt chizish qonun- qoidalariga amal qilishlari, ham amaliy, ham nazariy bilimlarni puxta egallashlari, yetuk rassomlarning portret ishlarini o‘rganish, taxlil qilishlari, ulardan nusxa ko‘chirishlari, plastik anatomiyani o‘rganishi, amaliy mashqlar qisqa muddatli qoralamalar (nabroska, zarisovka) bajarishlari muhim hisoblanadi.
Adabiyotlar:
- 1. Norsaid Oydinov “Rassom o‘qituvchilar tayyorlash muammolari”. T.., “O‘qituvchi”-“Ziyo-noshir”, 1997,-15-16 bet
- 2. R.Hasanov. Maktabda tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi. T.., O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti, 2004.-8b
- 3. Hasanov .Tasviriy san’at asoslari. Toshkent ;G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa – ijodiy uyi , 2009,- 58-59b
- 4. S.Abdirasilov, N.Tolipov, N. Oripova.Rangtasvir.T.;- “O‘zbekiston”- 2006, 102b
- 5. T.Qo‘ziev; A.Egamov “Rangtasvir” (5-9 sinflar uchun) Toshkent-2008.
- 6. B.Boymetov. Qalamtasvir. T.: “Musiqa” nashriyoti.- 2006 , 194b
- 7. R. Rajabov, H. Sultonov. Tasviriy san’at fanini o‘qitish metodikasi. (o‘quv qo‘llanma) T.., 2008.