Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/11/2020
Chop etish
Hamkorlik memorandumi imzolandi.

2020 yil 26 noyabr kuni Jizzax davlat pedagogika instituti  hamda Buyuk Britaniyaning Portsmud  universiteti o‘rtasida  hamkorlik aloqalarini  o‘rnatish, ikkala OTMar o‘rtasida  o‘zaro tajriba almashish, istiqbolli hamkorlikni rivojlantirish masalalirga bag‘ishlangan memorandum imzolash marosimi  ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.

Memorandum Jizzax davlat pedagoigka instituti rektori Sh.S. Sharipov  va Buyuk  Britaniya Portsmut universiteti prorektori  Chris Chang larining tanishuv muloqotlari bilan boshlandi. Unda   tomonlar o‘z oliygohlari haqida ma’lumot berish bilan birgalikda ushbu memorandumning imzolanishi har ikkala tomon uchun, xususan talabalar uchun zarur ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.

Memorandumda ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish, o‘quv materiallari almashinuvi, qo‘shma tadqiqot ishlarini targ‘ib qilish va tomonlarning ishtirokida nashr etilgan ilmiy jurnallarda maqolalarni nashr etish kabi yo‘nalishlar ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi. Shuningdek ushbu memorandum orqali JDPI professor-o‘qituvchilarning Portsmud universiteti kutubxonasidan, elektron resurs markazidan foydalanishgga ruxsat berish, professor o‘qituvchilarning Portsmud universitetida malaka oshirish kurslariga jo‘natish, kredit-modul tizimida  o‘quv rejalarini, o‘quv dasturlarini, magistratura qo‘shma dasturlarini muhokama qilish, konferensiya va seminarlarda ishtirok etish  kabi takliflar  bandma band ko‘rib chiqildi va har ikki OTM vakillari tomonidan ma’qullanib memorandum imzolandi.


Ulashish:
1 194
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Paxtakor tumanida doimiy istiqomat qiluvchi bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Default image
Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurgan 172 nafar maktab o‘quvchilari oliygohning o‘quv va ijtimoiy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.
JDPU jamoasi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif amalga oshirdi.