E’lonlar
E’lonlar
|
17/09/2024
Chop etish
Diqqat tanlov!
Universitetda tahsil olayotgan talabalar о‘rtasida “9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi “Eng yaxshi rasm” va “Eng yaxshi hajviy rasm” nominatsiyalari bo‘yicha 2024-yil 21-noyabr kuni Fizika va texnologik ta’lim fakultetida o‘tkaziladi.

ESLATMA: Tanlovda bitta nominatsiya bo’yicha qatnasha olishingiz mumkin.

Tanlovning “Eng yaxshi rasm” nominatsiyasi g‘oliblari faxriy yorliqlar va 
1-o‘rin uchun ba’zaviy stipendiya miqdorining 2 barobari,
2-o‘rin uchun ba’zaviy stipendiya miqdorining 1.5 barobari,
3-o‘rin uchun ba’zaviy stipendiya miqdorining 1 barobari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
Tanlovning “Eng yaxshi hajviy rasm” nominatsiyasi tanlovi g‘oliblari faxriy yorliqlar va
1-o‘rin uchun ba’zaviy stipendiya miqdorining 2 barobari,
2-o‘rin uchun ba’zaviy stipendiya miqdorining 1.5 barobari,
3-o‘rin uchun ba’zaviy stipendiya miqdorining 1 barobari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
Tanlovning “Eng yaxshi rasm” va “Eng yaxshi hajviy rasm” nominatsiyalari bo‘yicha bitta g‘olib taqdirlanishi mumkin emas.

O’tgan yilgi tanlov faqatgina “Eng yaxshi rasm” nominatsiyasi bo’yicha o’tkazilgandi va 3 ta o’rinni ham Fizika va texnologik ta’lim fakulteti talabalari olishgandi. Bu yil boshqa fakultetlardan sensatsiya kutib qolamiz. Ikkita nominatsiya va 6 ta o’rin mavjud. Eng yaxshi rasm viloyat bo’yicha o’tkaziladigan tanlovga beriladi. Hammaga omad. Birinchi navbatda NIZOM bilan tanishib chiqing.

aksilkorrupsiya_oyligi,_расмлар_танлови_низоми_new_2

 

👉@jdpuantikorrklub👈


Ulashish:
581
Boshqa rubrikalarda mashhur

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
“Rahbarlik faoliyati va mahorati” seminar-mashg‘ulotlarining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori hamda Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti jamoalari bilan...
“Rahbar faoliyati va mahorati” mavzusidagi seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda. Uchinchi kun.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminar-treningning navbatdagi mashg‘ulotlarida Filologiya oliy maktabi Rus va ingliz tili yo‘nalishlari, Amaliy...