Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Sog‘lom turmush tarzi uzoq umr garovi

Jizzax Davlat Pedagogika Instituti Axborot-resurs markazi Talabalar turar joyi tarmog‘ida 2018 yil  6-noyabr kuni “Sog‘lom turmush tarzi-uzoq umr garovi!” mavzusida bo‘lib o‘tdi    JDPI Axborot-resurs markazi Talabalar turar joyi tarmog‘i xodimasi Usmanova N, Ibn Sino salomatlik markazi hamshiralari Ibragimova M,  Normatova Yo,  Ko‘ptarmoqli poliklinika salomatlik markazi vrachi Abdusattorova M.A va TTJ talabalari qatnashdi.

      Tadbirni  Ibn Sino salomatlik markazi hamshirasi Ibragimova M ochib berdi. Sog‘lom turmush tarzi eng avvalo oiladan boshlanishi, har bir ota-ona o‘zidan jismonan sog‘lom, ruhan baquvvat, ma’naviyati yuksak avlod qoldirishi lozimligini o‘z nutqida keltirib o‘tdi.

       Tadbirni Ko‘ptarmoqli poliklinika salomatlik markazi vrachi Abdusattorova M.A  o‘z ma’ruzasi bilan davom ettirdi. “Sog‘lom turmush tarzining asoslarini tashkil etadigan to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya, turli xil infeksion kasalliklardan himoyalanish va shu kabilarga qat’iy amal qilish shart. Juda xavfli bo‘lgan va hattoki asorati o‘lim bilan yakunlanadigan jinsiy kasalliklardan ehtiyotbo‘lish, pala-partish jinsiy aloqalardan saqlanish, erta onalikning oldini olish, yosh qizlarni onalikka to‘g‘ri tayyorlash bugungi kun uchun juda muhim vazifadir.

          To‘g‘ri ovqatlanish talablarini bajarishda belgilangan oziq-ovqatlar ratsioniga amal qilish lozim.Tez tayyorlanadigan fasfudlar, yarim tayyor mahsulotlar, chala pishgan go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilmaslik kerak. Suvni ham organizm talabidan kelib chiqqan holda me’yorida iste’mol qilish lozim. Shaxsiy gigiena talablariga va ozodalikka qat’iy rioya qilish, uy-joylarni saranjom, sarishta saqlash nihoyatda muhimdir.

     Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi. Tadbir yakunida  ARM Talabalar turar joyi tarmog‘i xodimasi Usmanova Nargiza tomonidan tashkil etilgan kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Jumladan tadbirda ko‘rgazmaga qo‘yilgan kitoblardan tibbiyot fanlari professori Guli Shayxovaning “Ovqatlanish gigienasi” nomli kitobi ham joy olgan bo‘lib, unda keltirilgan juda muhim ma’lumotlardan “Sog‘lom turmush tarzi-salomatlik mezoni” bobida sog‘lom turmush tarzi keng tushunchaga ega bo‘lib, u jismoniy faollik, yot illatlarga ya’ni giyohvandlik, tamaki chekish, spirtli ichimliklar iste’moliga qarshi kurash va ratsional ovqatlanishning aholi o‘rtasida keng targ‘ib etishni taqozo etadi.