Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/05/2020
Chop etish
Ramazon Hayitingiz muborak bo‘lsin!

Ramazon Hayitingiz muborak bo‘lsin!

 

Aziz vatandoshlar, hurmatli Jizzax davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, qadrli talabalar. Muborak Ramazon oyi tugab, yurtimizga Ramazon hayiti – Iyd al Fitr bayrami kirib keldi.

Ramazon hayiti islomdagi eng muqaddas bayramlardan biri hisoblanib, bag‘rikenglik, birodarchilik va rahm-shafqat ramzi hisoblanadi.

Har bir musulmon bu muborak kunni intiqlik bilan kutadi.

Butun dunyo musulmonlari Ramazon oyi davomida ulug‘ bayramni kutib, ro‘za amalini ado etdilar, taravveh namozlarida qoyim bo‘ldilar, ma’nan o‘sishga, muhtojlarga yordam berishga intildilar.

Aziz yurtdoshlar! Ramazon oyi har birimizga haq yo‘ldan yurishga va ma’naviy barkamollikka erishishga imkon berdi.  Ishonamanki, orangizda Ko‘pchilik bu oyda o‘zlarining zararli odatlaridan forig‘ bo‘ldilar, o‘z oilalariga ko‘proq vaqt ajratishga harakat qildilar.
Shu fazilatlarni oddiy kunlarda ham saqlab qolishingizni tilab qolamiz.

Shunday muqaddas kun kirib kelayotgani bilan barcha yurdoshlarimizni, musulmon ahlini o‘z nomimdan muborakbod etaman.  Bugungi pandemiya va karantin davrida hammada moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lishiga qaramay, xayr-ehson bir necha marotaba ko‘paydi.

O‘z mablag‘larini bolalar va keksa yoshlilarga yordam ko‘rsatishga yo‘naltirgan Saxovatpesha tadbirkorlarimiz  qatorida Jizzax davlat pedagogika instituti jamoasi tomonidan suv ostida qolgan hududlardan kelgan  hamyurtlarimizga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi va ko‘rsatilmoqda. Bag‘rikeng halqimiz mana shunday sinovli kunlarda yanada jipslashdi desak xato qilmagan bo‘laman.

Istardimki o‘zbek xalqining har bir xonadonida fayzu-barokatlar arimasin, boshi to‘ydan chiqmasin, nimaiki ezgu niyatlari bo‘lsa ijobatini bersin. Barcha sog‘-salomat bo‘lib, keyingi yilga ham bag‘ri butunlikda ushbu muborak bayramni kutib olish nasib etsin.

Alloh, yurtimizni tinch, yanada obod va farovon, osmonimizni musaffo qilsin. Jonajon O‘zbekistonimiz ravnaqiga ravnaq, obro‘siga obro‘ qo‘shaversin.

Bu bayramning sharofati har bir uyga kirib borsin!

Jizzax davlat pedagogika instituti rektori,   prof. Sh.S. Sharipov.


Ulashish:
1 169
Boshqa rubrikalarda mashhur

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
“Rahbarlik faoliyati va mahorati” seminar-mashg‘ulotlarining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori hamda Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti jamoalari bilan...
“Rahbar faoliyati va mahorati” mavzusidagi seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda. Uchinchi kun.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminar-treningning navbatdagi mashg‘ulotlarida Filologiya oliy maktabi Rus va ingliz tili yo‘nalishlari, Amaliy...