Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/05/2022
Chop etish
O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, tarjimon va olim Muhammad Ali tabarruk 80 yoshga to‘ldi.

Sana munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika institutida yozuvchi bilan uchrashuv, ijodiy kecha tashkil etildi. Kechani O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi  Jizzax viloyati bo‘limi rahbari M.  Abdurahmonova ochib berdi. U o‘z so‘zida ustozni  ushbu ayyom bilan qutladi, yozuvchiga sog‘lik-omonlik, ijodiy bardavomlik tiladi. Shundan so‘ng Jizzax dalvat pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.To‘xtamishev yozuvchi Muhammad Ali Ahmedovga jamoa nomidan  ijodiy barkamollik va uzoq yillar o‘quvchilarni yangi va mazmunli  asarlari bilan xushnud etishini tiladi. Kecha davomida yozuvchi Muhammad Ali Ahmedovga institut kasaba uyushmalari bo‘limi tomonidan  zarbof to‘n kiydirildi.

 

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali «Mehnat shuhrati» (1999), «El-yurt hurmati» (2014) ordenlari bilan mukofotlangan. «Ulug‘ saltanat» tarixiy roman-dilogiyasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan (2007). «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» (1992), «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» (2021) faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.


Ulashish:
730
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni va uning joriy holati muhokama qilindi.
Jizzax shahridagi 22 ta umumta’lim maktabi hamda «Best School» xususiy maktabida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni tashkil etildi.
Sejong universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.