Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

“Nazm va navo” kechasi tafslotlari

Ikki buyuk siymo A. Navoiy hamda Z. M. Bobur tavalludiga  bag‘ishlangan kecha Sa’natshunoslik fakulteti tomonidan tashkillashtirildi. Tadbir avvalida ishtirokchilar institut ARM tomonidan tashkil etilgan yangi adabiyotlar hamda buyuklar hayoti va faoliyati bilan bog‘liq kitoblar bilan tanishishdi. Shundan so‘ng bo‘lajak sozanda va xonadalar  ikki buyuk shoir qalamiga mansub g‘azallarni mahorat bilan ijro etishdi. Shuningdek tadbirda talabalar tomonidan sahnaviy ko‘rinishlar ham namoyish etildi. Jizzax davlat pedagogika inrstitutining Madaniyat saroyida  Buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 580 yilliga  hamda shoh va shoir Z.M.Boburning tavalludiga bag‘ishlangan, buyuk siymolarning g‘azallari asosida Sa’natshunoslik fakulteti tashkilotchiligda «Nazm va navo» ruknidagi adabiy-musiqiy, ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechada Sa’natshunoslik fakultetining bo‘lajak maqom san’atiningeng sara  ijrochilari hamda ustozlar ishtirok etdilar.     Tadbirni  institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor S.nazarqosimov ochib berdi. U o‘z so‘zida Buyuk ajdodimiz so‘zlariga bastalangan badiiy barkamol qo‘shiqlar tinglovchilarning xususan talaba yoshlarning estetik didini yuksaltirish, musiqiy saviyasini oshirish, ona tilimizga yanada ko‘proq hurmat va e’tibor bilan munosabatda bo‘lishda o‘ziga xos o‘rin tutishini ta’kidladi.