Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/03/2020
Chop etish
Kattaqo‘rg‘onlik ijodkor o‘quvchilar  Jizzaxda ….

2 mart kuni  Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona-tili va adabiyot faniga ixtisoslashtilgan maktab-internatida Zulfiya tavalludining 105 yilligi munosabati bilan  tadbir tashkillashtirildi.Mahalla va oilalarni qo‘llab quvvatlash boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda  Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shaxridan  iqtidorli maktab o‘quvchilaridan tashkil topgan bir guruh mehmonlar tashrif buyurishdi. Jizzax shaxridagi ijod maktab internati, Hamid Olimjon hamda Zulfiyaxonim, Sh.Rashidov muzeylarida bo‘lib qaytgan Kattaqo‘rg‘onlik iqtidorli o‘quvchi qizlar Jizzax davlat pedagogika institutida ham bo‘lishdi.

 

Iqtidorli , ijodkor o‘quvchi qizlar OAV hamda hokimiyat vakillaridan iborat mehmonlar guruhi  Jizzax davlat pedagogika institutidagi  yangi o‘quv binosi hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi . Shundan so‘ng institut majlislar zalida   Kattaqo‘rg‘on shahridan kelib oliygohda tahsil olayotgan talaba yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Samimiy muloqot, suhbat tarzida  tarzda olib borilgan uchrashuvda bugungi jarayonlar, talaba yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar,  bandlik masalalari haqida so‘z bordi .

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
1 127
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni va uning joriy holati muhokama qilindi.
Jizzax shahridagi 22 ta umumta’lim maktabi hamda «Best School» xususiy maktabida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni tashkil etildi.
Sejong universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.