Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/11/2017
Chop etish
Hech bir narsa mamlakatni sportchalik tez dunyoga tanita olmaydi

Jizzax davlat pedagogika instituti  Majlislar zalida institut jismoniy madaniyat fakulteti talabalari, boks bo‘yicha bir qator mintaqaviy va xalqaro musobaqalar sovrindorlari, noyabr oyida Vetnam Sotsialistik Respublikasining Xoshimin shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchilar Ismatova Go‘zal Odiljon qizi va Melieva E’zozaxon Mansur qizilarni taqdirlash marosimi

Taqdirlash marosimini istitut rektori, prof. A. Xolbekov ochib berdi. A. Xolbekov o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. Karimovning “Hech bir narsa mamlakatni sportchalik tez dunyoga tanita olmaydi”, – degan jumlalari bilan boshladi. Yurtimizda sportning ayniqsa, boksning keng rivojlaniyotgani, bu yo‘nalishda ko‘plab olimpiada va xalqaro musobaqalar g‘oliblari yetishib chiqayotgani haqida

gapirib o‘tdi. Xususan, Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan yozgi olimpiada o‘yinlarida yurtimiz atletlari boks bo‘yicha umumiy xisobda birinchi o‘rinni egallaganini, joriy yil Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionatida  ham oldingi o‘rinlarni egallaganini eslatib o‘tdi. A. Xolbekov o‘z nutqi yakunida sportchilarga kelgusi ishlarida omad tilab, jahon, olimpiada birinchiliklarida ham O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarishlariga tilak bildirdi. Shundan keyin so‘z navbati jismoniy madaniyat fakulteti dekani O. Muqimovga berildi.

Fakultet dekani sport sohasining psixologik muammolari, sport formasining doimiy holati muammolari haqida fikrlar yuritib, ularni yaxshi holatda olib borish nafaqat sportchiga balki, uztoz-murabbiylarga ham bog‘liq ekanligini alohida uqtirib o‘tdi.

Taqdirlash marosimi so‘ngida sportchi talabalarimizga institut tomonidan esdalik sovg‘alari, pul mukofotlari va diplomlar topshirildi.


Ulashish:
5 726
Boshqa rubrikalarda mashhur

Sejong universiteti bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti talaba-yoshlari uchun Toshkent shahridagi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy tashrif tashkil etildi.
Mazkur tashrifda universitetning professor-o‘qituvchilari hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkilotining yetakchilari ishtirok etdi. Ma’rifiy safar talaba-yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotiraga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ularini...
JDPUda Sejong universiteti bilan hamkorlikdagi xalqaro IT va madaniyat dasturiga start berildi
Koreya Respublikasining nufuzli Sejong universitetidan tashrif buyurgan 23 nafar talaba hamda professor-o‘qituvchilardan iborat delegatsiya ishtirokida “WFK IT Ko‘ngillilar Guruhi Dasturi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.