Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/03/2020
Chop etish
“Iqtidorli talabalar bizning faxrimiz,”- deydi institut rektori…

Xabaringiz bor «8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida» O‘zbekiston prezidenti farmoni  e’lon qilindi.

Farmonga ko‘ra, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, yurtimizning iqtisodiy qudrati va jahon miqyosidagi mavqeini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlarini munosib qadrlash maqsadida  bir guruh xotin-qizlar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi. Ular orasida Jizzax davlat pedagogika instituti Sa’natshunoslik fakulteti Musiqa yo‘nalishi  1 kurs magistranti viloyat madaniyat boshqarmasi qoshidagi “ Maqom” ansambli maqomchisi “ Nihol” mukofoti sovrindori Zulxumor Mamarasulzoda ham “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.  Shu munosabat bilan Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sh.S.Sharipov iqtidorli xonanda Zulxumor Mamarasulzoda bilan uchrashdi.  Samimiy suhbat davomida oliygoh rektori  “Nihol” mukofoti hamda “Shuhrat” medali sovrindori Zulxumor Mamarasulzodaning yutuqlarini alohida e’tirof etar ekan institut jamoasi bunday iqtidorli yoshlar bilan doimo faxrlanishini ta’kidladi. Sohir ovoz sohibasi Zulxumor Mamarasulzodaga ijodiy parvozlar va bundanda yuksak muvaffaqiyatlarga erishishiga umid bildiramiz .

                                                           

                                                                                                                                                                                            Jizzax davldat pedagogika instituti axborot xizmati

 


Ulashish:
1 235
Boshqa rubrikalarda mashhur

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
“Rahbarlik faoliyati va mahorati” seminar-mashg‘ulotlarining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori hamda Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti jamoalari bilan...
“Rahbar faoliyati va mahorati” mavzusidagi seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda. Uchinchi kun.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminar-treningning navbatdagi mashg‘ulotlarida Filologiya oliy maktabi Rus va ingliz tili yo‘nalishlari, Amaliy...